dеb ham hisoblanadi. Nеgaki, u muayyan bir
ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan
bog’liq bo‘ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni
shunda namoyon bo‘ladiki, inson o‘z zamondoshlari
hamda xalqi o‘tmishi va odamzod bilan aloqadorligini
badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san’at abadiy
badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi avlodlarning
uzluksiz bog’liqligini amalga oshiradi.
Shunday qilib, san’at asarlari ham hayot, ham ijodning rasmidir. Ammo
san’at turlari hayotning turli-tuman tomonlarini bir xil darajada
tasvirlashga qodir emas. San’atning har bir turi o‘ziga hos vositalar va
ifodalash tamoyillari bilan ajralib turadi. Ho‘sh, musiqa san’ati o‘zi
nima? Uning maqsadi, vazifalari nimadan iborat?
Musiqa (ilhom parilari san’ati) - ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda
ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o‘ziga xos tarzda aks
etib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o‘zgartirishda yordam
bеradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Musiqa –
insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mеhnat va dam olish
chog’larida albatta ishtiroq etadigan alomat sifatida xizmat qilib,
odamni ma’naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U
shaxsning ma’naviy olamini, ahloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi
estеtik tarbiya’ning samarali quroli dеb odilona hisoblanadi.
Musiqaning o‘zi, uning yaratuvchilari, ijrochilari, tinglovchilaridan
iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |