1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Fermentni tashuvchi bilan bog‘lanish kuchini oshiruvchi usullar


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Fermentni tashuvchi bilan bog‘lanish kuchini oshiruvchi usullar. 
Oldindan modifikatsiya qilingan tashuvchilarga immobilizatsiya qilish 
Tashuvchining oldindan modifikatsiya qilish adsorbsiya kuchini keskin oshirishga olib 
keladi. Bundan tashqari, ferment molekulasi atrofida maxsus sharoitlar yasash hisobidan, 


oldindan modifikatsiya qilingan tashuvchida immobilizatsiya qilingan fermentni katalitik 
xususiyati ham ortib boradi.
Buning ustiga, oldindan modifikatsiya qilmaslik adsorbsiya qilingan fermentni faolligini 
butunlay yo‘qolishigacha olib kelish mumkin. Masalan, agar fermentni mo‘tadilligi nordon 
sharoitda past bo‘lsa, silikagelga sorbsiya qilingan fermentni faolligi butunlay yo‘qoladi, 
chunki, silikagelni satxi nordon muhitga ega (rNq4,0).
Bunday sharoitda, immobilizatsiyadan oldin silikagelni ma’lum pH ga ega bo‘lgan 
buferda fermentni mo‘tadil pH ga to‘g‘ri kelgan pH da saqlab turish lozim bo‘ladi.
Xuddi shunday muammo, faol markazida metall saqlaydigan fermentlar bilan 
ishlaganda kelib chiqadi. Bunga sabab, ba’zi bir tashuvchilar o‘zlariga metall ionlarini tortib 
olish qobiliyatiga egalar. Bunday tashuvchilarda adsorbsiya qilingan fermentlar, o‘z faol 
markazidagi metalni chiqib ketishi hisobidan faoliyatlarini yo‘qotishlari mumkin. Bu holni 
bartaraf etish uchun, tashuvchini maxsus metall ionlari saqlagan eritmalarda uzoq vaqt 
ushlab turish va shu tufayli uni metall ioniga nisbatan bo‘lgan ehtiyojini qondirish mumkin 
bo‘ladi. 
Tashuvchilarni metall ionlari bilan to‘yintirish adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya 
qilishni mo‘tadillashtirishda ham ishlatiladi. Tashuvchi sirti metall ionlari bilan 
to‘yintirilganda (buning uchun Ti, Sn, Zr, V va Fe ishlatiladi), fermentni sorbsiya qilish 
xususiyati ortadi, bunga sabab metall ioni ferment bilan tashuvchi orasida ko‘prik bo‘lib 
xizmat qilishidir. Immobilizatsiyaning bu usuli, sellyuloza, neylon shisha filtr qog‘oz kabi 
tashuvchilardan foydalanganda yaxshi natijalar berishi isbotlangan.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling