1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishning afzalligi va kamchiliklari


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishning afzalligi va kamchiliklari 
Afzalligi 
Kamchiligi 
Sorbentning arzonligi 
Ferment 
va 
tashuvchi 
orasidagi bog‘ni mustaxkam 
emasligi 
Eksperimentlarni osonligi 
Umumiy yagona yo‘riqnomani 
yo‘qligi 
Bir vaqtni o‘zida fermentni 
tozalash mumkinligi 
Gel ichiga kiritish yo‘li bilan immobilizatsiya qilish 
Bu usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq to‘qilgan polimer 
zanjirlaridan iborat bo‘lgan gel hosil qiluvchi uchlamchi elaklarga o‘rnatiladi. Zanjir bog‘lari 
orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik bo‘lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va 
polimerdan chiqib keta olmaydi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘ni mustaxkamligini 
oshiruvchi omil rolini ferment va tashuvchi gel orasida paydo bo‘lgan vodorod bog‘lari ham 
o‘ynashi mumkin.
Polimer zanjirlari orasidagi bo‘shliq suv bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Masalan, akril 
kislotasi hosilalari asosida paydo bo‘lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 dan 90% gacha 
suv bo‘lishi mumkin. 
Fermentlarni gelda immobilizatsiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi, ferment 
monomer eritmasida eritiladi so‘ngra polimerizatsiya qilinadi. Bunday eritmaga ko‘pchilik 
hollarda bifunksional agentlar ham qo‘shiladi.
Ikkinchisi, 
P.Bertfeld 
va 
Dj.Uenlar 
ishlatgan 
N-N' 
metilen-bisakrilamidni 
polimerizatsiya qilish asosida olinadigan immobilizatsiyalangan fermentlar.
Gelga kiritish yo‘li bilan immobilizatsiya qilish usuli o‘zining soddaligi bilan ajralib 
turadi. Bu usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformatsiyada (sferik zarrachalar va 
x.k.) olish va fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga erishish mumkin. 
Ko‘pchilik polimer gellar o‘zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa chidamliligi bilan 
ajralib turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha marotabalab ishlatish imkonini 
beradi. Bu usul universal usul bo‘lib nafaqat barcha xildagi fermentlar, balki poliferment 
tizimlar, hujayra va hujayra fragmentlarini immobilizatsiya qilish uchun ham to‘g‘ri keladi. 
Bu usulni ijobiy tomonlaridan yana biri - uni fermentga mo‘tadillik berish imkoniyatidir. Va 
nihoyat bu usulda immobilizatsiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan 
qo‘rqmaydi chunki, ferment molekulasidan katta bo‘lgan bakteriyalar gelni ichiga kira 
olmaydilar. 


Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari substratni 
diffuziyasigi xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past bo‘lishi mumkin. SHunday 
ekan, substrat sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda bu usuldan butunlay 
foydalanish mumkin emas. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling