1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

 
 
 


 
 
 
 
 
 
Yangi biotexnologiyaning dastlabki asosiy bosqichlari 
Kashf etilgan 
vaqti 
Bajarilgan ishlar 
1973 yil 
Birinchi gen klonlangan 
1974 yil 
Birinchi bakteriya genlarini klonlash ekspressiyasi amalga 
oshirildi. 
1975 yil 
Birinchi gibridoma yaratilgan 
1976 yil 
Rekombinant DNK texnologiyasidan ishlab chiqarishda 
foydalanish boshlangan. 
1980 yil 
Gen muxandisli usullari yordamida olingan mikroorganizm 
shtammlarini patentlash haqidagi qaror qabul qilingan. 
1981 yil 
Monoklonal antitella to‘plamlaridan foydalanish mumkinligi 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Birinchi marta genlarni 
avtomatik sintezatori sotuvga chiqarildi. 
1982 yil 
Tibbiyotda rekombinant DNK - insulini va hayvonlar uchun 
birinchi rekombinant DNK dan foydalanishga ruxsat berildi. 
1983 yil 
Birinchi marotoba gen ekspressiyasidan bir o‘simlikdan 
boshqa turida foydalanish mumkinligi isbotlandi. 
Gen muhandisligining asosiy vujudga kelish davri 1973 yil deb hisoblash mumkin, 
chunki 1972 – 1973 yillarda P.Berg, G.Boyer, S.Koen va ularning hamkasblari birinchi 
rekombinant DNK ni yaratdilar. Bu SV40 virusining DNK fragmenti, λ bakteriofag va 
E.coli.ning laktoza opeonini tutgan rekombinant DNK edi. Bu kashfiyotdan 10 yil o’tib 
transgen o’simlik, keyinroq transgen sichqon va 20 yildan so’ng transgen qo’y olindi. 
Bugungi kunga kelib esa gen muhandisligi yo’li bilan hatto tug’ilajak bolani ota – onasining 
xohish istagiga ko’ra oldindan programmalashtirish yo’llari yaratilgan. Masalan, Virdjiniya 
shtatida tug’ilgan Jessika Kollinz dunyoga kelmasdanoq mashhur bo’ldi, chunki u dunyoda 
birinchi ota – onasining buyurtmasi asosida jinsi tanlangan bola bo’ldi. Olimlar odamdagi 
barcha belgi xususiyatlarni genlar belgilab berishiga asoslanib oldindan tug’ilajak bolani 
buyurtma asosida unda ko’zi va sochining rangi, quloq, burun kabi azolarning tuzilishini 
hatto uning xulq – atvorini ham tanlash mumkinligini aytishmoqda. 
Gen muhandisligi o’zida in vitro fundamintal aktiv genetik strukturalarni (rekombinant 
DNK) yoki bo’lmasa sun’iy yaratilgan genetik dasturlarni namoyon qiladi. E.S.Piruzyan 
fikricha gen muhandisligi – bu ekperimental tajribalar sistemasi bo’lib, labaratoriya 
sharoitida (probirkalarda) sun’iy genetik strukturalar, rekombinant yoki gibrid DNK 
molekulasini yaratish imkonini beradi. Gen muhandisligining asosiy tadqiqot obyekti DNK 
molekulasi bo’lib, unda tirik hujayraning tuzilishi va funksiyalari haqidagi irsiy axborotlar 
kodlangan bo’ladi.
DNK – komplimentarlik qonuniyati asosida qurilgan qo’sh zanjirli polimer molekuladir. 
Komplimentarlik birinchidan – molekulaning turg’unligini, ikkinchidan – qiz zanjirning 
sintezi vaqtida aniq qayta tiklanishini ta’minlaydi. DNK monomeri to’rt xil tipdagi 


nukleotidlardan tashkil topgan va ularning har biri uglevod – dezoksiriboza, fosfat kislota 
qoldig’i va azot asoslaridan tuzilgan. Nukleotidlar bir – birida azotli asoslari bilan farqlansa 
ularning o’zi ham purinli (adenin va guanin) va pirimidinli (sitozin va timin) azot asoslari 
bo’lishi bilan farqlanadi. RNK da timin o’rniga uratsil uchraydi.
DNK molekulasining o’lchami komplimentar nukleotidlar juftligi bilan hisoblanib 
ularda nukleotidlar jufti bir necha milliontagacha bo’lishi mumkin. Odamning birinchi 
xromosoma DNK si 263 million nukleotid juftidan iborat.
Hujayrada sintezlanadigan har qanday oqsil haqidagi informatsiya genlarda saqlanadi, 
DNK ni esa shunday genlar yig’indisi deb qarash mumkin. DNK dagi genlarning aksariyat 
qismi oqsil sintezi uchun javobgar bo’lsa boshqalari ayrimlari molekulalarni (masalan, 
ribosomal RNK) sintezi uchun javobgar bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, gen muhandisligi asosida ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan sun’iy 
genetik sistemani organizmdan tashqarida yaratish va uni tirik organizmlarga kiritish yo’li 
bilan yangi organizmlar (yoki mavjudlarini modifikatsiyalash) olish maqsadi yotadi. Bunda 
ma’lum bir genni maxsus fermentlar yordamida bir organizm DNK molekulasidan (donor 
DNK) kesib olib ikkinchi retsipiyen organizmga kiritishni ko’zda tutadi. Genlarning bu 
tariqa ko’chirilishi transgenoz, ko’chirib o’tkazilgan yod gen tutgan DNK li organizm esa 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling