1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

o‘sish tezligining balandligi

 
arzon oziqa muhitida o‘sishi, 

 
boshqa mikrofloraga va fagga chidamliligi, 

 
yuqori hosildorligi. 
Mikroorganizmlarning tabiiy shtammlarini hosildorligi ko‘pincha talab darajasidan past 
bo‘ladi. 
Hosildor shtammlar yaratish uchun yo‘naltirilgan seleksiya - usulidan foydalaniladi (1-
chizma).
Buning uchun kimyoviy mutagenlar yoki radiatsion nurlardan foydalaniladi. Seleksiya 
va tanlov ishlari ba’zida yillab vaqt egallaydi va natijada mikrob hosildorligini 100 va undan 
ham ko‘proq marotabalab oshirish mumkin bo‘ladi. Masalan, hozirgi davrda sanoat usulida 
ishlatib kelinayotgan penitsillin antibiotigi sintez qiladigan produtsentning faolligi dastlabki 
shtammlarga qaraganda 10 ming marotabadan oshib ketgan. 
Yuqori faollikga yoki hosildorlikga ega bo‘lgan shtamm yaratish uchun seleksioner, 
tabiiy shtammni genetik materiallarini o‘rganish borasida o‘ta murakkab, o‘ta nafis ishlarni 
amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Bunda, genlarni rekombinatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha usullardan, xususan: kon’yugatsiya, transduksiya, transformatsiya va boshqa genetik 
jarayonlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 


1-chizma. Mikroorganizmlar seleksiyasi 
 
Masalan, kon’yugatsiya usuli (bakteriyalar orasida genetik materiallar bilan almashish), 
neft qoldiqlarini faol parchalovchi Pseudomonas putida shtammini yaratishda samarali 
foydalanilgan edi. 
Ko‘pincha transduksiya (bakteriya viruslari-bakteriofaglar yordamida bir bakteriyadan 
boshqa bakteriyaga genlar o‘tkazish) va amplifikatsiya (kerakli genlarni nusxa sonini 
ko‘paytirish) usullaridan keng foydalanish orqali har xil fiziologik faol moddalar sintez 
qiluvchi hosildor shtammlar yaratilgan. Ko‘pgina mikroorganizmlarda antibiotik sintez 
qiluvchi genlar va ularni boshqaruvchilari xromosomalarda emas, balki plazmidalarda 
(xromosomadan tashqaridagi DNK) joylashgan bo‘ladi. Bunday paytda amplifikatsiya orqali 
hujayradagi plazmidalar sonini ko‘paytirish orqali shtammlarni hosildorligini oshirish 
mumkin. 
Seleksiya ishlarini yana bir yo‘li bu har-xil bakteriyalar protoplastlarini bir-biriga 
birlashtirish natijasida genetik rekombinantlar olish yo‘lidir (2-chizma). 



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling