1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


-chizma. Protoplastlarning qo‘shilishi orqali maxsuldor mutant shtammlar olish mexanizmi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

2-chizma. Protoplastlarning qo‘shilishi orqali maxsuldor mutant shtammlar olish mexanizmi 
8-MA`RUZA 
Mavzu: Gen injenerligi fermentlari
.
 
Reja: 
1. Restriktazalar;
2. Gen injenerligining boshqa fermentlari. 
Gen muhandisligida qo’llaniladigan qariyb barcha fermentlar bakteriyalar hujayrasidan 
ajratib olinadi va prokariot hamda eukariotlar hujayrasidagi DNK lar ustida “qirqish” yoki 
“tikish” kabi ishlar bajariladi.
Rekombinant DNK konstruksiyasini yaratishda qo’llaniladigan fermentlar bir necha 
guruhga ajratiladi: 

DNK ni fragmentlarga bo’luvchi fermentlar (restriktazalar); 



DNK ni ona DNK dan (DNK – polimerazalar) yoki RNK dan (Teskari transkriptazalar, 
revertazalar) sintezlovchi fermentlar

DNK fragmentlarini biriktiruvchi (ligazalar) fermentlar; 

DNK fragmenti oxirlarini o’zgartiruvchi fermenlar. 
Restriktazalar (restriksion endonukleazalar) – yordamida DNK molekulasi fragmetlarga 
ajratiladi. Bu fermentlar yuqori speksifiglikka ega bo’lib, DNK molekulasidagi azotli asoslar 
izchilligini (restriksion saytlar) tanib kesadi. Gen muhandisligida restriktazalarni donor 
DNK dan kerakli uchastkalarni qirqib olishda ishlatiladi.
Restriktazalar asosan bakteriyalardan lekin, ayrimlari achitqi va bir hujayrali suvo’tlardan 
ham ajratib olinadi. Restriktazalarning nomenklakutasi 1973 yilda S.Simit va D.Natanslar 
tomonidan taklif etilgan.
E.coli ning alohida shtammi DNK si boshqa shtammi hujayrasi (masalan, В shtammi 
DNKsi С shtammi hujayrasi) ga kiritilganda, odatda, genetik faollik ko'rsata olmaydi, chunki u 
maxsus fermentlar-restriktazalar bilan tezda bo'laklarga bo'lib yuboriladi. Bu hodisa 1953-
yilda aniqlangan edi. Hozirgi kunda turli xil mikroorganizmlardan mingdan ortiq har xil 
restriktazalar ajratib olingan bo’lib, gen muhandisligida 200 dan ortiq turi keng 
qo'llanilmoqda. Shunday qilib, bir turdagi restriktaza ta'sirida bitta va aynan o'sha DNK 
ketma-ketligi har doim ham bir xildagi fragmentlar yig'indisini hosil qiladi. Restriktazala 
nomlanishida ferment ajratib olingan bakteriya turining lotincha nomini bosh harflari va 
qo'shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil 
restriktazalar ajratib olish mumkin. Masalan, Escherichia coli-EcoRI, EcoRV, Haemophilus 
influenzae -Hinf I, Streptomyces albus - Sal I, Thermus aquaticus - Taq I. 
Restriktaza fermentlarining tabiiy funksiyasi bakteriyani yod DNK molekulasidan 
himoya qilish (avalam bor hujayra ichiga kirib unda transformatsiya chaqiruvchi bakteriofag 
DNK sidan) hisoblanadi. Ular fag DNK sini bo’laklarga ajratib uni ko’payishini chegarab 
turadi. Barteriyaning shaxsiy DNK si DNK – metilaza fermenti bilan metillangan 
(modifikatsiyalangan) bo’lganligidan restriktazalar unga ta’sir etmaydi.
1-jadval.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling