1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Nukleotidlar ketma – ketligini aniqlash


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Nukleotidlar ketma – ketligini aniqlash DNK ning genetik muhim qisimlarini 
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sekvenirlash usuli 100 – 150 nukleotidlar juftiga 
ega DNK fragmentining nukleotidlar izchilligini ancha tez aniqlash imkonini beradi. Bu esa 
rekombinatsiyalarning strukturasi, funksiyasi hamda imkoniyatlarini va molekulalar 
amplikatsiyasini yoki nuklein kislota molekulalarining fragmentlarini o’rganishda muhim 
ahamihatga ega. Sekvenirlashining ikkita asosiy, kimyoviy va fermentativ sekvens usullari 
mavjud.
Kimyoviy usul – 1976 yilda A.M. Maksam va V. Gilbert tomonidan taklif etilgan va 
ularning nomi bilan ataladi. DNK ni bu usulda sekvenirlashda DNK molekulasini bitta 
zanjiri olinib, uning bir uchini 
32
P izotopi bilan nishonlanadi, nishonlangan bir zanjirli DNK 
preparati to'rt bo'lakka bo’linadi va har biriga to'rt asosni bir yoki ikkiga bo'luvchi maxsus 
reagent bilan ishlov beriladi. Masalan, purin asoslari (A+G) ni 60%-li chumoli kislotasi
guanin asoslarini dimetilsulfat, toza gidrazin esa pirimidin asoslari (T+C) ni parchalaydi, 1,5 
N Nacl eritmasida esa faqat sitozin asoslari parchalanadi. DNK bo’laklarini bir necha 
joyidan shikastlantirish uchun reaksiyani amalga oshirish sharoitini tanlab olish muhimdir. 
Shikastlangan molekulalarga piperidin bilan ishlov berilganda DNK ning uzilishi aynan 
azotli asos shikastlangan joyda hosil bo'ladi. 
 Natijada nishonlangan bo'laklar to'plami olinib, ularning uzunligi shikastlangan 
asosdan to molekulaning oxirigacha bo'lgan masofada aniqlanadi. To'rttala reaksiya 
natijasida hosil bo'lgan bo'laklarni denaturatsiyalovchi sharoitda akrilamid gelida to'rtta 
qo'shni yo'lakchalarga quyib chiqiladi. Shundan so'ng radioavtografiya amalga oshiriladi, 
natijada radioaktiv nishonga ega bo'laklar rentgen pilyonkasida iz qoldiradi. Ularning 
joylashuviga ko'ra, nishonlangan qismdan shikastlangan asos qanday masofada 
joylashganini, buni o'rganish orqali ularning holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Rentgen 
plyonkasidagi chiziqlar yig'indisini tahliliga ko'ra, DNK bo'lagining nukleotid ketma-ketligi 
aniqlanadi. 
Ushbu usul yordamida qisqa muddat ichida SV40 virusi, pBR322 plazmidasi va boshqa 
ko'plab organizmlar DNK si nukleotidlari ketma-ketligini to'liq aniqlashga muvaffaq 
bo'lingan. Biroq Maksam-Gilbert usuli muolajalarining sezilarli darajada qiyinligi va uzoq 
davom etishi bilan bog'liq bir qator kamchiliklarga ega. Hozirgi vaqtda kimyoviy 
degradatsiya yordamida sekvenirlash asosida nukleotid ketma-ketliklarni tez va mukammal 
aniqlash usullari ishlab chiqilgan bo'lib, qattiq fazali sekvenirlash va aylanma fazali 
xromotografiyadan foydalanish orqali sekvenirlash shular jumlasidandir. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling