1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

 
Transduksiya – ma’lum sharoitda maxsus tuzilishga ega bo`lgan bakteriofag DNK 
bo`lagining bakteriya xromosomasiga birikishi va undan ajralib chiqish jarayonida bakteriya 
xromosomasining bir bo’lagini o’ziga biriktirib olib chiqish jarayoni.
DNK irsiyatning moddiy asosi ekanligi ikkinchi marotaba 1952 yili A.Xershi 
va M.Cheyz bakteriofaglar ustida o’tkazgan tajribasida isbotlandi. Ular N.Zinder, 
Dj.Lederblar bilan bir vaqtda transduksiya hodisasini kashf etdilar. Transduksiya atamasi 
ostida DNK molekulasini bir bakteriyadan ikkinchi bakteriyaga bakteriofaglar yordamida 
o’tkazilishi tushuniladi. 


2-rasm. Faglarning hayot sikli 
Mazkur tajribaga qadar bakteriofaglar bakteriya tanasiga kirganda ularning 
hujayrasida ko’payib bakteriyalar yorilib o’lishi va natijada bakteriofagalar bilan 
zararlangan bakteriya koloniyasi lizis bo’lishi ma’lum edi. Bu jarayon faglarning litik 
reaksiyasi deb ataladi. Ayrim hollarda fag bilan zararlangan bakteriya hujayralarining 
ba’zilari ofatdan qutilib qolishi mumkin. Buning asl sababi bakteriya tanasiga tushgan 
fagning irsiy molekulasi bakteriya xromosomasining maxsus nukleotidlari izchilligini 
kesib, unga birikishi va faol holatdan ko’paya olmaydigan ya’ni bakteriyani lizis qila 
olmaydigan nofaol - profag holatga o’tishi bo’lgan. Ofatdan qutilgan bakteriya lizogen 
bakteriya, bu jarayon esa lizogen reaksiyasi deb nomlanadi. Ayrim holatlarda o’z-o’zidan 
yoki fizik-kimyoviy omillar ta’siri tufayli bakteriya xromosomasidagi fag irsiy molekulasi 
ajralishi va boshqa bakteriyalarni zararlantirishi, o’ldirishi yoki bakteriya xromosomasi bilan 
birikib profag holatga o’tishi mumkin. Binobarin, transduksiya hodisasi ham organizmlar 
irsiyatini moddiy asosi DNK ekanligidan dalolat beradi. 
Irsiyatning moddiy asosi DNK ekanligani isbotlovchi yana bir misol bakteriyalarning 
kon’yugatsiyasidir. Bakteriyalar odatda jinssiz – bo’linish yo’li bilan ko’payadilar. Lekin 
ularda “jinsiy” ko’payish – bakteriyalar kon’yugatsiyasi ham sodir bo’ladi. Kon’yugatsiya 
paytida bakteriyalar ayrim qismlari bilan yaqinlashib, ikki bakteriya yadrosi orasida 
sitoplazmatik ko’prik hosil bo’ladi va u orqali donor bakteriya xromosomasining ayrim 
bo’lagi retsepiyent bakteriya tanasiga o’tadi va natijada retsipiyent bakteriya fenotipda donor 
bakteriya xossasini o’zida namoyon etadi.
Transpozonlarning kashf etilishi genetik muxandislikning rivojlanishida muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlarni o‘simlik organizmida AQSH 
olimasi Barbara Mak Klintok, mikroorganizmlarda AQSH olimi Axmad Buxoriy va 
xasharotlarda Rossiya olimi Georgiy Georgiev kashf etgan.
Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozitsion elementlar yoki 
transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalar-da, 
barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy 


qismda esa DNK molekulasining belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis 
kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir.
Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini " yopishqoq" uchlar hosil qilib 
kesadi va ayni paytda transpozon uchlariga qovushtiradi. Hosil bo‘lgan xromosoma DNKsi 
va transpozon DNKsidan iborat qovushma hujayra DNK bo‘laklarini bog‘lovchi ferment 
ligaza ta’sirida o‘zaro bog‘lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integratsiyasi 
quyidagicha amalga oshadi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling