1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


-rasm. Traspozonlarning tuzilishi  Transformatsiya


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

3-rasm. Traspozonlarning tuzilishi 
Transformatsiya – ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo`lagining 
ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasidir. Bu yo`l bilan organizm 
irsiylantiriladi.
DNK ning genetik roli birinchi marotaba zotiljam kasalligini qo’zg`atuvchi yumaloq 
shakldagi bakteriyalar-pnevmokoklarda isbotlangan. Pnevmokoklardagi transformatsiya 
xodisasi 1928 yili ingliz bakteriologi F.Griffits tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi 
pnevmokoklarning ikki S va R formalari ustida o’tkazilgan. Bakteriyalarning S shtammi 
agardan tayyorlangan quyuq ozuqa muhitida tekis, yorqin koloniya hosil qiladi. U polisaharid 
kapsulaga ega bo’lib sichqonlarga yuqtirilgach ular o’limiga sababchi bo’ladi. 
Bakteriyalarning R shtammi kapsulasiz bo’lib, quyuq ozuqa muhitida g`adir-budur koloniya 
hosil etadi va shtamm sichqonlarga yuqtirilganda, ular omon qoladilar. Tajribada S shtammli 
bakteriyalar 65-70° S issiqlik ta’sirida o’ldirilgach, ularning patogenlik xususiyati yo’qoladi. 
F.Griffits tajribalarining birida o’lgan S shtamm qoldig`i bilan tirik R shtamm bakteriyalar 
aralashgan holda sichqonlar tanasiga yuqtirilganda, ba’zi bir sichqonlarning o’lganligi 
kuzatilgan. O’lgan sichqonlar tanasi tekshirilganda ularda tirik S bakteriyalar borligi 
aniqlangan. Boshqa sichqonlarga issiqlik ta’sirida o’lgan S shtammli bakteriyalar yoki 
tirik R bakteriyalar alohida-alohida yuborilganda sichqonlar o’lmay, tirik qolgan (60-
rasm). O’tkazilgan tajriba asosida agar o’lgan S bakteriya va tirik R shtamm birga bo’lsa, u 
holda R shtamm o’lgan S shtamm xossasiga ega bo’lishi mumkin degan xulosaga kelindi. 
Lekin olim bakteriyalar qanday moddasi irsiy xossani tashib yurishini bila olmadi. 
1944 yilga kelib O.Everi, K.Mak Leod va M.Mak Karti Griffits tajribasini 
qaytadan takrorladilar va S shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi 
DNK ekanligini ma’lum qildilar. Shunday qilib dastlab bakteriyalarda DNKning irsiyatga 
aloqadorligi isbotlab berildi. 



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling