1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Ligazalar – DNK fragmentlarining 3

va 5

oxirlarini fosfodiefir bog’lari hosilqilib 
tikuvchi fermentlar hisoblanadi. Bu jarayon ligirlash deb ataladi. Gen muhandisligida 
ko'pincha ligirlash uchun T4 fagining DNK-ligazasidan foydalaniladi. T4 ligaza yordamida 
DNK ning har qanday bo'lagini «yopishqoq uchli» yoki «to'mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. 
Bu eng ko'p qo`llaniladigan fermentlardan biridir.


Nukleazalar-nuklein kislotalar molekulalari gidrolizi reaksiyalarini katalizlovchi 
femientlarning yirik guruhi DNK yoki RNK molekulalari nukleazalar ta'sirida bo'laklarga 
yoki alohida nukleotidlarga parchalanib ketadi. Nukleazalarning hujayradagi dastlabki 
vazifasi hayotiy jarayonning ayni vaqti uchun keraksiz bo'lgan molekulalari (masalan, mRNK 
translyatsiyadan so'ng) degradatsiyasini va nuklein kislotalarni begona molekulalardan 
himoya qilish (bakteriyafag bilan zararlanganda fag DNK sini bakteriya nukleazalari 
tomonidan parchalab yuborilishi) dan iborat. 
Nukleazalarni ularning ta'siriga ko'ra, guruhlarga ajratish mumkin. Nukleazalar 
nafaqat DNK molekulalari (DNKazalar) yoki RNK (RNKazalar) molekulalariga, shuningdek, 
DNK va RNK ga bir vaqtning o'zida (oltin rang loviya nukleazasi) bir xilda ta'sir etishi 
mumkin. Nukleazalar bir zanjirli (S1 nukleazasi) yoki qo'sh zanjirli (ekzonukleaza III) DNK 
molekulalari, yoki gibrid DNK-RNK molekulari (ribonukleaza H) ga ta'sir etishi mumkin. 
Bundan tashqari, nukleazalarni ikki tipga: ekzonukleazalar va endonukleazalarga 
bo'lish mumkin. Ekzonukleazalar, odatda, molekulalarni 5
\
yoki 3

erkin uchlaridan boshlab 
gidrolizlasa, 
endonukleazalar 
DNK 
molekulasi 
bo'lagi 
yoki 
halqasimon 
DNK 
molekulasining ichki ketma – ketliklaridan boshlab parchalaydi. Nukleaza Bal 31 – bu 
ferment DNK dagi nukleotidlar izchilligini nospeksifik parchalash xususiyatiga ega. U 
nosimmetrik (yopishqoq uchli) DNK fragmentlarida “to’mtoq” uchlar hosil qilishda yoki 
DNK fragmentlarini qisqartirib funksional ahamiyatli qismlarni bir – biriga yaqinlashtirishda 
ishtirok etadi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling