1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Oldindan modifikatsiya qilingan fermentlarni immobilizatsiya qilish


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Oldindan modifikatsiya qilingan fermentlarni immobilizatsiya qilish 
Ionalmashuvchi tashuvchilarga adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishda 
izoelektrik nuqtasi va pH –mo‘tadilligi bir-biriga yaqin bo‘lgan fermentlar bilan ishlanganda 
qator muammolar paydo bo‘ladi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi mustaxkam bog‘lanish 
faqatgina, izoelektrik nuqtadan uzoqroq bo‘lgan pH da, ya’ni fermentni katalitik xususiyati 
past bo‘lgan sharoitda amalga oshiriladi. 
SHuning uchun, ham fermentni oldindan modifikatsiya qilish, ya’ni ferment 
molekulasiga yangi ionogen guruhlar (polikislotalar, karboksimetil, sellyuloza, yantar 
kislotasi va x.k.) kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, L-ximotripsin xlortriazinli 
rang bilan aralashtirilganda, uni izoelektrik nuqtasi ishqoriy tomonga siljishi, va shu tufayli 
ferment ko‘pgina tashuvchilarga adsorbsiya bo‘lishi, oqibat natijada esa katalitik faolligi 
saqlanib qolishi isbotlangan.
Boshqa bir misol, L-ximotripsinni KM-sellyuloza bilan modifikatsiya qilinganda, 
ferment neytral pH muhitida DEAE-sellyulozada yoki DEAE-sefadeksga faolligi saqlangan 
holda immobilizatsiya bo‘ladi.
Ferment tashuvchi bog‘ini mustaxkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar 
Immobilizatsiya bo‘lgan fermentni tashuvchi satxidan oson yuvilib ketmasligi uchun 
adsorbsiya qilingan ferment qatlami bifunksional agentlar bilan ishlov beriladi. Natijada, 
tashuvchi satxida fermentlarni bir-birlariga bog‘langan holatidan iborat yupqa plenka hosil 
bo‘ladi. Bifunksional agent sifatida glutaraldegid, gossipol va boshqalarni ishlatish mumkin.
Immobilizatsiya qilishni original yo‘li professor K.Martinek tomonidan namoyish 
etilgan. Buning uchun qisman kimyoviy destruksiyaga uchragan neylon iplaridan 
foydalaniladi. Tashuvchi, ferment eritmasiga solinadi va mexanik tortiladi, natijada neylonni 
g‘ovaklari yiriklashib, unga fermentning joylashishi osonlashadi.


Ma’lum vaqtdan keyin tortib turgan kuch olinadi va neylon yana o‘z holatiga keladi, 
ferment esa g‘ovaklarda siqilib qoladi. Elektr toki yordamida ushlash usuli, 
immobilizatsiyaning yangi usullaridan bo‘lib, membranalar yordamida ajratilgan elektrodlar 
bilan kollektorlarda elektr maydoni hosil qilinadi. Kollektor qilib silikagel, ion almashuv 
smolalari, minerallar ishlatilishi mumkin.
Ferment kollektorlarda elektrostatik va dipol-dipollik o‘zaro ta’sir kuchlari orqali 
ushlanib qoladi. Bu usulni yomon tomoni shundan iboratki, immobilizatsiya tizimi hamisha 
elektr toki ta’sirida bo‘lishi shart. Tok uzilsa yoki o‘chsa ferment tashuvchidan yuvilib 
ketadi. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling