1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
-rasm. Traspozonlarning tuzilishi Transformatsiya
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
3-rasm. Traspozonlarning tuzilishi
Transformatsiya – ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo`lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasidir. Bu yo`l bilan organizm irsiylantiriladi. DNK ning genetik roli birinchi marotaba zotiljam kasalligini qo’zg`atuvchi yumaloq shakldagi bakteriyalar-pnevmokoklarda isbotlangan. Pnevmokoklardagi transformatsiya xodisasi 1928 yili ingliz bakteriologi F.Griffits tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokoklarning ikki S va R formalari ustida o’tkazilgan. Bakteriyalarning S shtammi agardan tayyorlangan quyuq ozuqa muhitida tekis, yorqin koloniya hosil qiladi. U polisaharid kapsulaga ega bo’lib sichqonlarga yuqtirilgach ular o’limiga sababchi bo’ladi. Bakteriyalarning R shtammi kapsulasiz bo’lib, quyuq ozuqa muhitida g`adir-budur koloniya hosil etadi va shtamm sichqonlarga yuqtirilganda, ular omon qoladilar. Tajribada S shtammli bakteriyalar 65-70° S issiqlik ta’sirida o’ldirilgach, ularning patogenlik xususiyati yo’qoladi. F.Griffits tajribalarining birida o’lgan S shtamm qoldig`i bilan tirik R shtamm bakteriyalar aralashgan holda sichqonlar tanasiga yuqtirilganda, ba’zi bir sichqonlarning o’lganligi kuzatilgan. O’lgan sichqonlar tanasi tekshirilganda ularda tirik S bakteriyalar borligi aniqlangan. Boshqa sichqonlarga issiqlik ta’sirida o’lgan S shtammli bakteriyalar yoki tirik R bakteriyalar alohida-alohida yuborilganda sichqonlar o’lmay, tirik qolgan (60- rasm). O’tkazilgan tajriba asosida agar o’lgan S bakteriya va tirik R shtamm birga bo’lsa, u holda R shtamm o’lgan S shtamm xossasiga ega bo’lishi mumkin degan xulosaga kelindi. Lekin olim bakteriyalar qanday moddasi irsiy xossani tashib yurishini bila olmadi. 1944 yilga kelib O.Everi, K.Mak Leod va M.Mak Karti Griffits tajribasini qaytadan takrorladilar va S shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Shunday qilib dastlab bakteriyalarda DNKning irsiyatga aloqadorligi isbotlab berildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling