1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
Transduksiya – ma’lum sharoitda maxsus tuzilishga ega bo`lgan bakteriofag DNK bo`lagining bakteriya xromosomasiga birikishi va undan ajralib chiqish jarayonida bakteriya xromosomasining bir bo’lagini o’ziga biriktirib olib chiqish jarayoni. DNK irsiyatning moddiy asosi ekanligi ikkinchi marotaba 1952 yili A.Xershi va M.Cheyz bakteriofaglar ustida o’tkazgan tajribasida isbotlandi. Ular N.Zinder, Dj.Lederblar bilan bir vaqtda transduksiya hodisasini kashf etdilar. Transduksiya atamasi ostida DNK molekulasini bir bakteriyadan ikkinchi bakteriyaga bakteriofaglar yordamida o’tkazilishi tushuniladi. 2-rasm. Faglarning hayot sikli Mazkur tajribaga qadar bakteriofaglar bakteriya tanasiga kirganda ularning hujayrasida ko’payib bakteriyalar yorilib o’lishi va natijada bakteriofagalar bilan zararlangan bakteriya koloniyasi lizis bo’lishi ma’lum edi. Bu jarayon faglarning litik reaksiyasi deb ataladi. Ayrim hollarda fag bilan zararlangan bakteriya hujayralarining ba’zilari ofatdan qutilib qolishi mumkin. Buning asl sababi bakteriya tanasiga tushgan fagning irsiy molekulasi bakteriya xromosomasining maxsus nukleotidlari izchilligini kesib, unga birikishi va faol holatdan ko’paya olmaydigan ya’ni bakteriyani lizis qila olmaydigan nofaol - profag holatga o’tishi bo’lgan. Ofatdan qutilgan bakteriya lizogen bakteriya, bu jarayon esa lizogen reaksiyasi deb nomlanadi. Ayrim holatlarda o’z-o’zidan yoki fizik-kimyoviy omillar ta’siri tufayli bakteriya xromosomasidagi fag irsiy molekulasi ajralishi va boshqa bakteriyalarni zararlantirishi, o’ldirishi yoki bakteriya xromosomasi bilan birikib profag holatga o’tishi mumkin. Binobarin, transduksiya hodisasi ham organizmlar irsiyatini moddiy asosi DNK ekanligidan dalolat beradi. Irsiyatning moddiy asosi DNK ekanligani isbotlovchi yana bir misol bakteriyalarning kon’yugatsiyasidir. Bakteriyalar odatda jinssiz – bo’linish yo’li bilan ko’payadilar. Lekin ularda “jinsiy” ko’payish – bakteriyalar kon’yugatsiyasi ham sodir bo’ladi. Kon’yugatsiya paytida bakteriyalar ayrim qismlari bilan yaqinlashib, ikki bakteriya yadrosi orasida sitoplazmatik ko’prik hosil bo’ladi va u orqali donor bakteriya xromosomasining ayrim bo’lagi retsepiyent bakteriya tanasiga o’tadi va natijada retsipiyent bakteriya fenotipda donor bakteriya xossasini o’zida namoyon etadi. Transpozonlarning kashf etilishi genetik muxandislikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlarni o‘simlik organizmida AQSH olimasi Barbara Mak Klintok, mikroorganizmlarda AQSH olimi Axmad Buxoriy va xasharotlarda Rossiya olimi Georgiy Georgiev kashf etgan. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozitsion elementlar yoki transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalar-da, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa DNK molekulasining belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir. Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini " yopishqoq" uchlar hosil qilib kesadi va ayni paytda transpozon uchlariga qovushtiradi. Hosil bo‘lgan xromosoma DNKsi va transpozon DNKsidan iborat qovushma hujayra DNK bo‘laklarini bog‘lovchi ferment ligaza ta’sirida o‘zaro bog‘lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integratsiyasi quyidagicha amalga oshadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling