1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
Nukleotidlar ketma – ketligini aniqlash
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy usul
Nukleotidlar ketma – ketligini aniqlash DNK ning genetik muhim qisimlarini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sekvenirlash usuli 100 – 150 nukleotidlar juftiga ega DNK fragmentining nukleotidlar izchilligini ancha tez aniqlash imkonini beradi. Bu esa rekombinatsiyalarning strukturasi, funksiyasi hamda imkoniyatlarini va molekulalar amplikatsiyasini yoki nuklein kislota molekulalarining fragmentlarini o’rganishda muhim ahamihatga ega. Sekvenirlashining ikkita asosiy, kimyoviy va fermentativ sekvens usullari mavjud. Kimyoviy usul – 1976 yilda A.M. Maksam va V. Gilbert tomonidan taklif etilgan va ularning nomi bilan ataladi. DNK ni bu usulda sekvenirlashda DNK molekulasini bitta zanjiri olinib, uning bir uchini 32 P izotopi bilan nishonlanadi, nishonlangan bir zanjirli DNK preparati to'rt bo'lakka bo’linadi va har biriga to'rt asosni bir yoki ikkiga bo'luvchi maxsus reagent bilan ishlov beriladi. Masalan, purin asoslari (A+G) ni 60%-li chumoli kislotasi, guanin asoslarini dimetilsulfat, toza gidrazin esa pirimidin asoslari (T+C) ni parchalaydi, 1,5 N Nacl eritmasida esa faqat sitozin asoslari parchalanadi. DNK bo’laklarini bir necha joyidan shikastlantirish uchun reaksiyani amalga oshirish sharoitini tanlab olish muhimdir. Shikastlangan molekulalarga piperidin bilan ishlov berilganda DNK ning uzilishi aynan azotli asos shikastlangan joyda hosil bo'ladi. Natijada nishonlangan bo'laklar to'plami olinib, ularning uzunligi shikastlangan asosdan to molekulaning oxirigacha bo'lgan masofada aniqlanadi. To'rttala reaksiya natijasida hosil bo'lgan bo'laklarni denaturatsiyalovchi sharoitda akrilamid gelida to'rtta qo'shni yo'lakchalarga quyib chiqiladi. Shundan so'ng radioavtografiya amalga oshiriladi, natijada radioaktiv nishonga ega bo'laklar rentgen pilyonkasida iz qoldiradi. Ularning joylashuviga ko'ra, nishonlangan qismdan shikastlangan asos qanday masofada joylashganini, buni o'rganish orqali ularning holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Rentgen plyonkasidagi chiziqlar yig'indisini tahliliga ko'ra, DNK bo'lagining nukleotid ketma-ketligi aniqlanadi. Ushbu usul yordamida qisqa muddat ichida SV40 virusi, pBR322 plazmidasi va boshqa ko'plab organizmlar DNK si nukleotidlari ketma-ketligini to'liq aniqlashga muvaffaq bo'lingan. Biroq Maksam-Gilbert usuli muolajalarining sezilarli darajada qiyinligi va uzoq davom etishi bilan bog'liq bir qator kamchiliklarga ega. Hozirgi vaqtda kimyoviy degradatsiya yordamida sekvenirlash asosida nukleotid ketma-ketliklarni tez va mukammal aniqlash usullari ishlab chiqilgan bo'lib, qattiq fazali sekvenirlash va aylanma fazali xromotografiyadan foydalanish orqali sekvenirlash shular jumlasidandir. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling