1-ma’ruza Mavzu: Fanga kirish. Organik sintez moduli va uning rivojlanish istiqbollari. Organik sintez sanoatining muhim mahsuotlari
Download 195.27 Kb. Pdf ko'rish
|
1a-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintetik yoqilg‘ilar, surkov moylari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar. Pestitsidlar va o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalari.
- Fungitsidlar va bakteritsidlar
Erituvchi va ekstragentlar. Ilgari erituvchilar sifatida benzin, benzol va
etanol ko„p qo„llanilagan. Sanoat xalq xo„jaligi rivojlanishi bilan erituvchi va ekstragentlarga bo„lgan talab ochib bormoqda. Sintetik erituvchilar arzon, zararsiz bo„lishi kerak. Ularni qaynash temperaturasi juda ham past yoki yuqori bo„lmasligi lozim. Hozirgi davrga kelib erituvchi va ekstragentlar, neft mahsulotlaridan aromatik uglevodorodlar ajratishda, azeotrop haydashda, tabiiy moddalardan yog„ va moylarni ajratishda keng qo„llanilmoqda. Sintetik yoqilg‘ilar, surkov moylari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar. Pestitsidlar va o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalari. Turli xil tirik organizmlarga spetsifik ta‟sir qiluvchi pestitsidlarning bir necha guruhi mavjud: Fungitsidlar va bakteritsidlar– zamburug„ va bakteriyaga qarshi vositalar. Insektitsidlar– eng muhim pestitsidlardan hisoblanadi: ularni zararli xashoratlar va ularni lichinkalarini yo„qotishda foydalaniladi. Gerbetsidlar va defoliantlar. Gerbitsidlarni begona o„tlarga qarshi, defoliantlarni esa o„simliklarni bargini to„kishda qo„llaniladi. Zootsidlar – zararli kemiruvchi hayvonlar (sichqon, kalamush va boshqa)ga qashi vositalar. Yuqorida aytilganidek, organik moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo manbalari- bu toshko„mir, neft, tabiiy gaz hisoblanadi. Ulardan organik sintez uchun kerakli bo„lgan moddalar: parafinlar, olefinlar, aromatik birikmalar, atsetilen va sintez gaz olinadi (1-jadval). 1-jadval - Organik moddalar olish xomashyolari Organik sintez va neft-kimyosi jarayonlari uchun qo„llaniladigan uglevodorod xomashyolariga ancha kuchli talablar qo„yiladi. Organik sintezda qo„llaniladigan reaksiyalarning ko„pchiligi katalitik yoki radikal zanjirli, sifatli mahsulot olish uchun katalizatorni yuqori selektivligi talab etiladi, oraliq reaksiyalarni sodir bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi. shuning uchun xom ashyoning tozalik darajasini yuqori bo„lishi talab etiladi. Bir qator jarayonlarda gazlar tarkibida suv bug„lari, uglerod oksilari, uglerod disulfid, ammiak va boshqa reaksion qobiliyatli aralashmalar bo„lishiga yo„l qo„ymaslik lozim. Organik moddalarni ishlab chiqarishda sanoatda turli texnologiyalardan foydalaniladi. «Texnologiya» so„z i grekcha «texnos»- sa‟nat va «logos» ilm degan ma‟noni bildiruvchi so„z lardan olingan bo„lib hunarlar to„g„risidagi ilmdir, ya‟ni D.I.Mendeleyev aytganidek, «Texnologiya –tabiiy mahsulotlarni inson hayotida foydalanadigan mahsulotlarga aylantirishni o„rganish» demakdir. Texnologik jarayonning tarkibiy qismlari bo„lgan jixozlar, apparatlar, mashinalarning bajaradigan ishi s a m a r a d o r l i k tushunchasi bilan xarakterlanadi. Samaradorlik (P) – vaqt birligi ( ) ichida ishlab chiqarilgan mahsulot (yoki qayta ishlangan xomashyo) ning miqdoridir: G П (kg/soat; tonna/soat; tonna/sutka) Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori hajm birliklarida (V m ) o„lchansa: м V П (m 3 /soat) Jihozlar samaradorligini oshirishning ikki usuli mavjud: -jihozning o„lchamini (hajmi) oshirish; -ishlash tezligini oshirish. Ishlab chiqarish jixozlarining jadalligi– J, ayni jihozning biror xarakteristikasiga nisbatan uning samaradorligidir. J = P /v = G / v (apparat hajmiga nisbatan) J = V m / v Apparatning ko„ndalang kesim yuzasiga nisbatan J = P / S = G / S va J = V m / S Jadallikni oshirishning ta‟sir usullariga haroratni o„zgartirish ham kiradi. Uning qatoriga bosim, moddaning konsentratsiyasi, katalizator ishtiroki ham kiradi. Mexanizatsiyalash – qo„l mehnatini mexanizmlar orqali amalga oshirish. Avtomatlashtirish – ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita inson ishtirokisiz priborlar yordamida bajarish yoki nazorat qilish. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda: o„lchagich (datchik), regulyator (rostlagich) va bajaruvchi moslamadan iborat yangi tizim ishlaydi. Download 195.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling