1-ma’ruza Mavzu: Fanga kirish. Organik sintez moduli va uning rivojlanish istiqbollari. Organik sintez sanoatining muhim mahsuotlari
Download 195.27 Kb. Pdf ko'rish
|
1a-маъруза
1-ma’ruza Mavzu: Fanga kirish. Organik sintez moduli va uning rivojlanish istiqbollari. Organik sintez sanoatining muhim mahsuotlari Ma‟ruza rejasi: 1. Organik moddalar sintezi sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalari. 2. Organik moddalar texnologiyasi turlari. 3. Organik sintez uchun qo„llaniladigan xom ashyo manbalari. 4. Asosiy texnologik kursatgichlar. 5. Organik sintezda qo„llaniladigan katalizator turlari. Organik sintez fanining maqsadi– organik moddalar olish reaksiyalari kimyosi va texnologiyasini talabalarga o„rgatish, hamda egallangan bilimlar bo„yicha, ko„nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi: talabalarga organik moddalar olish jarayonlari bo„yicha nazariy va amaliy masalalarini yecha olishga yetarli bo„lgan kimyoviy texnologiyalarni egallashga va uni qo„llashga, shuningdek, organik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi sxemasini tuzish va kimyoviy tahlil qilishga o„rgatishdan iborat. Organik sintez sanoati ikkita asosiy vazifani bajaradi: 1) boshqa sanoat tarmoqlari uchun yirik masshtabda yarim mahsulotlar ishlab chiqaradi; 2) umumiy ahamiyaga ega bo„lgan maqsadli mahsulotlar oladi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda organik moddalar sintezi sanoati mahsulotlarini qo„llamaydigan xalq xo„jaligining birorta tarmog„i yo„q. Organik moddalar sintezi sanoatining rivojlanishi, yer biosferasini saqlashda va insonni o„rab turgan yirik tabiat bilan o„zaro munosabatini o„rnatish va yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Organik sintez tabiiy muhitda kam uchraydigan sanoat miqiyosida ishlab chiqariladigan va tabiiyga nisbatan ancha yaxshi, foydali xossalarga ega bo„lgan yangi moddalar olish imkoniyatiga ega. Bu ayniqsa, dorivor preparatlar olishda muhim ahamiyatga ega. Organik moddalar ishlab chiqarish qadim zamondan ma‟lum bo„lib, xom- ashyo sifatida o„simlik va hayvonotdan foydalanilgan. Masalan, shakar, yog„, sovun, spirt va h.k. ishlab chiqarilgan. Dastlab u o„simlik va hayvonot xomashyolarini qayta ishlash jarayonlariga asoslandi, ulardan kerakli muhim mahsulotlar (yog„, moy, shakar) yoki xom ashyo tarkibidagi moddalarni parchalanishidan oddiy moddalar olindi (spirt, sirka kislota, glitserin, sovun). Oddiy moddalar asosida murakkab organik moddalar sintez qilish XIX asr o„rtalarida paydo bo„ldi. Tochko„mir smolasidan aromatik uglevodorolar sintez qilina boshlandi. Keyinchalik XX asrga kelib organik birikmalar olishda, xom ashyo manbai sifatida, neft va tabiiy gaz muhim o„rinni egalladi. Keyingi yillarda o„zining rivojlanishi natijasida organik moddalar sintezi bir qator tarmoqlarga: asosiy organik va neft kimyosi sintezi va nozik organik sintezga ajraldi. Organik sintez sanoatining rivojlanish jarayonida, uning xomashyo ba‟zasi ham o„zgardi. Tochko„mir o„rnini neft va tabiiy gaz egalladi. Ushbu o„tish jarayonida “neft kimyosi sintezi” paydo bo„ldi. Mustaqil tarmoq sifatida organik sintez 1940 yillarda paydo bo„ldi. Ungacha koks va oziq-ovqat xomashyosi asosida olinadigan mahsulotlar turi kam edi (benzol, fenol, aseton, naftalin, sirka kislota). Shunday qilib, yuqoridagi uchta xom ashyo: tochko„mir, neft, gaz asosida organik sintez sanoati rivojlanmoqda va takomillashmoqda. Organik sintez mahsulotlari olish uchun qo„llaniladigan asosiy xom ashyo moddalarni quyidagi beshta sinfga ajratish mumkin: 1) parafinlar (metan CH 4 -dan to C 19 H 40 -gacha); 2) olefinlar (C 2 H 4 , C 3 H 6 , C 4 H 8 C 5 H 10 va h.k.); 3) aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, naftalin va h.k.); 4) atsetilen (CH CH); 5) uglerod oksid va sintez gaz (SO va N 2 aralashmasi). Organik moddalar texnologiyasi 2 xil yo„nalishga ajraladi: -asosiy organik sintez; -nozik organik sintez. Nozik organik sintez esa oz miqdorda, murakkab tuzilishli organik moddalar ishlab chiqarish sanoatidir. Bunday organik moddalarga bo„yoqlar, foto- kinoreaktivlar, farmatsevtik preparatlar, portlovchi moddalar, parfyumeriya vositalari kiradi. Asosiy organik sintez texnologiyasining maqsadi- ko„p asortimentli monomerlar, erituvchilar, dorivor preparatlar sintez qilish uchun xom ashyolar, o„simliklarni himoya qiluvchi vositalar va boshqa mahsulotlarni oddiy, arzon, sodda, ekologik zararsiz usullar bilan olish yo„llarini o„rgatishdan iborat. Asosiy organik sintez texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri energiya va resurslarni tejaydigan, kam chiqindili, inson salomatligi va atrof muhitga xavfsiz ilg„or texnologiyalarni yaratish va joriy qilishdan iborat. D.I. Mendeleyev aytganidek: “Ilg„or texnologiyaning asosiy vazifasi, ishlab chiqarishning keraksiz chiqindisidan foydali mahsulot olish yo„llarini izlash” hisoblanadi. Oraliq mahsulotlar. Ular xalq xo„jaligida biror maqsadlar uchun qo„llanilmaydi, lekin ular asosida boshqa kerakli birikmalar sintez qilinadi. Bunday mahsulotlarni– organik sintez oraliq mahsulotlari deyiladi. Masalan, etilendan 1,2- dixloretan, uni degidroxlorlash bilan esa vinilxlorid olish mumkin: Oraliq mahsulotlar turi juda xilma-xil, chunki oddiy va murakkab organik birikmalar sintezida oraliq mahsulotlar hosil bo„ladi. Maqsadli mahsulotlarni quyidagi sinflarga ajratish mumkin: Download 195.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling