1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro
Download 319.52 Kb.
|
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM
6-MA’RUZA
MAVZU: ALLERGIYA SIMPTOMLARINI DAVOLASHDA RETSEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARINI TANLASH. VA TERINING ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI, SEBOREYA, XUSNBUZAR, UCHUQLARNI DAVOLASHDA F.YO TAMOYILLARI. Reja: Allergik kasalliklar va psevdoallergik reaksiyalarni davolashda retseptsiz beriladigan dori vositalarining o‘rni. Antigistamin dorilardan samarali foydalanish. Terining zamburug‘ kasalliklarida, moddalar almashinuvi buzilishidan kelib chiqadigan xusnbuzar, gerpes viruslari keltirib chiqadigan uchuqlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari. Allergiya juda qadim zamonlardan buyon insoniyat turmush tarziga salbiy ta’sir etgan. Mil. avv. V asrdayoq Gippokrat oshkozon-ichak sistemasining buzilishi va toshma toshishiga olib keluvchi ba’zi-bir oziq-ovqat maxsulotlarini ta’riflab bergan. Rim shifokori Galen esa atirgul xididan kelib chiqqan tumovni kuzatib borgan. Oxirgi 10 yil ichida allergiya butun dunyo mediklari, biologlarining aktual muammosi bo‘lib qoldi. Butun dunyo Sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi paytga kelib allergik kasalliklar tarqalishi buyicha 3 o‘rinda, 2005 yilga kelib esa 1 o‘ringa chiqishi aniqlangan. Turli xil yoshdagi va turli xil kasb egalari orasida allergik kasalliklar keng tarqalayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, bolalar orasida allergik kasalliklarning o‘sishi ko‘p kuzatilmoqda. Bularning sababi bo‘lib, irsiy naslga tortish, atrof- muxitning ifloslanishi, xar kungi turmush xayotda ishlatilayotgan turli xil ximiyaviy maxsulotlarning ko‘payishini ko‘rsatish mumkin. Ko‘pgina xolatlarda terida paydo bo‘lgan allergik formalarda, allergik rinit yoki kon’yuktivitlarda bemor dorixonadan retseptsiz dori olib o‘zi davolanadi, allergiya xolati qaytarilsagina vrachga murojat qiladi. Allergiya - organizmning biron-bir yot modda - allergenga bo‘lgan sezuvchanligining ortishi. «Allergiya» termini (lot. Allos-boshqa, yot; ergon- o‘zgacha ta’sir) avstriyalik pediator Pirke tomonidan 1906 yilda taklif etilgan. Xozirgi paytga kelib quyidagilar aniklangan: - spetsifik allergik ( xaqiqiy allergik) reaksiyalar - nospetsifik allergik ( yolg‘on yoki soxta, psevdoallergik) reaksiyalar Spetsifik allergik reaksiyalar. Organizmga endi tushgan allergen ma’lum bir vaqtdan so‘ng (birinchi davr, immunologik bosqich) yuqori sezuvchanlik- sensibilizatsiya ( lot. Sensibilis- sezuvchan) ni rivojlantiradi. Organizmda sensibilizatsiyaning paydo bo‘lishi natijasida allergenlarga nisbatan spetsifik antitelalar ishlab chiqarilishi boshlanadi. Sensibilizatsiyani yuzaga chiqargan allergenning organizmga qayta tushishi natijasida, uning sensibilizatsiya paytida xosil bo‘lgan antitellalar bilan reaksiyaga kirishuvi kuzatiladi, natijada organizmda biologik aktiv moddalar - allergiya mediatorlari ( gistamin, serotonin va b.lar) xosil bo‘ladi. Allergiya mediatorlari ta’sirida ma’lum bir simptomlar yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar rivojlanadi. Qachondir paydo bulgan sensibilizatsiya ko‘p oylar va xattoki yillab saqlanishi mumkin. Nospetsifik (psevdoallergik) reaksiya. Allergen bilan birinchi aloqadayoq, sensibilizatsiyasiz yuzaga keladi. Allergik reaksiyalarni yuzaga keltiruvchi moddalar- allergenlar deyiladi. Organizmga tashqi muxitdan kirgan allergenlar- ekzoallergenlar, organizmning o‘zida yuzaga keladigan, lekin o‘zgargan oqsil shaklida bo‘lgan allergenlar- endoallergenlar yoki autoallergenlar deyiladi. Download 319.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling