1-ma’ruza mavzu. Mustahkamlikka hisoblashning asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.36 Mb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1607598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-MA’RUZA
Mavzu. Mustahkamlikka hisoblashning asosiy tushunchalari.


Reja:

  1. Mustahkamlik nazariyalari.

  2. Elastiklik nazariyasinnng umumiy tushunchalari.

  1. Kuchlanish va deformatsiya ularni ifodalanishi.






Tayanch iboralar: Fizik-mexanik xususiyatlari, Elastiklik nazariyasi, Kuchlanish va deformatsiya.

Mashina va detallar ishda ishonchli ishlashi uchun quyidagi Mustahkamlik, Bikrlik, Yeyilishga chidamlilik, Issiqlikka chidamlilik va Titrashga chidamlilik asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi.


Mustahkamlik - detallarning defformatsiyalanishi me’yorida bo’lgan holda ma’lum vaqt davomida ishlay olish xususiyati. Detallaming mustahkamligi uning xavfli kesimdagi normal va urinma kuchlanishlarining qiymati bilan belgilanadi. Detallarni mustahkamligini ishchi yuzalarini termik qayta ishlash, kuchlanishlarni to‘planish holatini kamaytirish, ratsional forma tanlash yo’l lari bilan oshirish mumkin.
Bikrlik detallarning ishlash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida elastic deformatsiyasi ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi uchun bikrligi ta’minlangan bo’lishi kerak. Masalan. vallarning bikrligi ta’minlangan bo’lsa, ularga o ‘rnatilgan podshipniklar, tishli g’ildirak, muftalarni yaxshi ishlashiga sharoit tug‘dirilgan bo’ladi. Bikrlikni ruxsat etilgan qiymatlarini elastik nazariyasi asosida aniqlash mumkin.
Yeyilishga chidamlilik: Materiallarning yeyilishga qarshilik ko'rsata olish xususiyati, yeyilishga chidamlilik deb ataladi. Yeyilish bu detallarning o‘zaro ishqalanishi tufayli sodir bo’lib, o‘z o’lchamlarini asta sekin o‘zgarishidir. Detallarning yeyilishga chidamliligi, materiallarning fizika-mexanika xususiyatlari, termik qayta ishlanishi, aniqlik darajasi, ishqalanayotgan ishchi yuzalar o’rtasidagi bosim, sirpanish tezligi, ishqalanish rejimi, ishlash sharoitlariga bog’liq bo’ladi.Detallarning yeyilishi natijasida o‘zaro ishqalanuvchi yuzalar o’rtasidagi bo‘shliq oshadi, natijada ish jarayonida shovqin chiqishiga, qo‘shimcha dinamik kuchlarning hosil bo’lshiga hamda detallarning tezda ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, detallari yeyilgan mashinalarda tayyorlangan mahsulotlarning o’lchamlari aniq chiqmaydi. Ishchi yuzalariga tashqi muhitdan abraziv zarrachalar kirmasligi uchun yaxshi zichlagichlar ishlatilishi, ishchi yuzalarni termik qayta ishlash, yuzalar o'rtasidagi bosimni bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash, suyuqlikdagi ishqalanish rejasini ta’minlash yo’llari bilan detallarning yeyilishini kamaytirishi mumkin. Detallarning yeyilishiga chidamliligini hisoblash solishtirma bosim [P] bo‘yicha olib boriladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling