1-ma’ruza mavzu. Mustahkamlikka hisoblashning asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.36 Mb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1607598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

-Ichki kuchlar. Kuchlanishlar
Real holatda barcha deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarni o‘zaro ta’sirlashib turuvchi zarrachalar yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Zarrachalarning o‘zaro ta’sir kuchlari jismlarni bir butun holda tutib turib, ularning deformatsiyalanishiga qarshilik ko‘rsatishi uchun xizmat qiladi. Jismlar deformatsiyalanganda ularning kesimlaridagi zarrachalar bir-birlaridan qochishga yoki o‘zaro yaqinlashishga intiladilar; deformatsiyalangan jism zarrachalarining muvozanatini saqlovchi kuchlarga ichki zo‘riqish kuchlari yoki ichki kuchlar deyiladi.
Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning ko‘ndalang kesimlarida hosil bo‘luvchi ichki kuchlarning teng ta’sir etuvchisini topish uchun urunma usuli qo‘llaniladi.
Urunma usulining mazmunini tushuntirish maqsadida ixtiyoriy tayanchlarda (tayanchlar shaklda ko‘rsatilmagan) yotuvchi birorta brusning muvozanatini tekshiramiz (2-rasim, a).
Brusga qo‘yilgan tashqi kuchlar tizimi tayanchlarda reaksiya kuchlarini
hosil qiladi. Natijada, brus muvozanat holatida bo‘ladi.
Brusning biror kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash uchun quyidagi ishlarni
navbat bilan bajaramiz:

  1. brusni ixtiyoriy V tekislik bilan fikran kesib, uni ikki qismga ajratamiz;

  2. ixtiyoriy tomonni, masalan chap tomonni tashlab yuborib, o‘ng tomonni
    alohida ajratib olamiz; albatta, bunday holatda ajratilgan qismning muvozanati
    buzilishi tabiiy;

  1. ajratilgan qismning muvozanatini tiklash maqsadida tashlab yuborilgan
    tomonning ta’sirini kesim yuza bo‘yicha ixtiyoriy ravishda taqsimlanuvchi va

kesimning har bir nuqtasiga qo‘yilgan kuchlar bilan almashtiramiz (2- rasim, b);

  1. q uyidagi statika tenglamalari yordamida ajratilgan qismning muvozanatini tekshiramiz:

(10)
Agar brusdan ajratilgan qism bitta tekislikda yotuvchi kuchlar ta’sirida bo‘lsa, u holda yuqoridagi
muvozanat sharti quyidagicha yoziladi:
(11)
Endi kesimlardagi barcha ichki kuchlarni bitta boshvektor R va bosh moment M bilan almashtirib, kesim og‘irlik markaziga keltiramiz (2-rasm, d).
Bosh vektor va bosh momentlarni x,y,z o‘qlariga
proeksiyalab, quyidagi oltita ichki kuch omillariga ega bo‘lamiz (2-rasm, e):
(12)
Bu yerda, N=Nz — bo‘ylama kuch;
Qx, Qy ko‘ndalang (kesuvchi yoki qirquvchi) kuchlar; 2-rasm.
Mx, My — eguvchi momentlar;
T = Mz — burovchi moment.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling