1-ma’ruza mavzu. Mustahkamlikka hisoblashning asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.36 Mb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1607598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

Issiqlikka chidamlilik detallarning berilgan muddati davomida ruxsat etilgan issiqlikda ishlay olish xususiyati issiqlikka chidamlilik deb ataladi. Detallar o'zaro bir-biriga ishqalanishi natijasida qiziydi, bu qizish natijasida detallarning mustahkamligi pasayadi, moylami moylash xususiyati kamayadi, natijada o‘zaro ishqalanuvchi detallarning yeyilishi ortadi. Bunday holat yuz bermasligi uchun, ishqalanuvchi yuzalaming qizishi me’yoridan oshmasligi kerak, ya’ni Qshart bajarilishi lozini. Bunda Q - ishqalanuvchi yuzalarda ishlash jarayonida hosil bo’lgan issiqlik miqdori, kkal; Qt - mashinadan tashqariga tarqaluvchi issiqlikmiqdori, kkal. Mashinalaming qizishi aniqlanib me’yoridan oshib ketmasligi uchun mahsus sovutgichlar ishlatiladi yoki mashinaga konstruktiv o‘zgarishlar kiritiladi.
Titrashga chidamlilik mashinalaming ishlash jarayonida titrash natijasida detallarda qo‘shimcha dinamik kuchlar hosil bo’ladi, bu esa ularning toliqishiga sabab bo’ladi va ishdan chiqishini tezlashtiradi. Detallaming titrashga chidamliligini ta’minlash uchun rezonans hodisasini keltirib chiqaradigan sabablami yo‘qotish kerak. Ma’lumki, rezonans hodisasi detallaming o‘zida hosil boladigan xususiy tebranish chastotasi bilan tashqi kuch ta’sirida bo’ladigan tebranish chastotasi bir xil bo’lgan hollarda ro‘y beradi. Mashinalarda titrash hodisasini kamaytirish uchun statik va dinamik muvozanatlash shuningdek, titrashni so‘ndirgichlardan, ya’ni maxsus elastik elementlardan foydalanish tavsiya etiladi. Texnologik mashinalami poydevorida titrashni kamaytirish uchun turli qayishqoqlikka ega bo’lgan ko‘p qavatli yostiqchalarni qo’llash bilan erishish mumkin.


1.Mustahkamlik nazariyalari


Mustahkamlik nazariyalari deb, materiallarda xavfli holatning boshlanish sabablarini tajribalarga asoslangan cheklanish (taxmin)lar yordamida turli omillarga bog‘lab tekshiruvchi nazariyalarga aytiladi.
Quyida keng tarqalgan uchta klassik va bitta energetik nazariyalar haqida ayrim ma’lumotlar keltiriladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling