1-ma’ruza mavzu. Mustahkamlikka hisoblashning asosiy tushunchalari. Reja
Sterjen ko ‘ndalang kesim o ‘lchamlarini aniqlash
Download 1.36 Mb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterjen ko‘tara oladigan eng katta kuchni aniqlash.
- Chegaraviy holat usuli
Sterjen ko ‘ndalang kesim o ‘lchamlarini aniqlash.
Agar sterjenga ta’sir etuvchi kuchlar va uning materiali ma’lum bo’lsa, unda sterjenning xavfsiz ko‘ndalang kesim o’lchamlari quyidagi formuladan aniqlanadi: (22) Sterjen ko‘tara oladigan eng katta kuchni aniqlash. Agar sterjenning ko‘ndalang kesimi o’lchamlari va uning materiali berilgan bo’lsa, sterjen ko‘tara oladigan eng katta kuch quyidagi formuladan aniqlanadi: (23) Ruxsat etilgan kuchlanish xavfli kuchlanishdan bir necha marta kichik bo’lishi lozim. Chegaraviy holat usuli Chegaraviy holat usuli konstruksiyalarga ta’sir etuvchi turli omillarning ta’sirini to’la hisobga oladi. Konstruksiyaning chegaraviy holati deb - uni normal ekspulatatsiya qilib boTmaydigan holatiga aytiladi. Qurilish me’yorlari va qoidalarida (QMQ) chegaraviy holat uchta guruhga bo’lingan. Birinchi gruruh chegaraviy holati konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyatini - mustahkamlik yoki ustuvorlikgini yo‘qotishi bilan aniqlanadi. Ikkinchi guruh chegaraviy holati konstruksiya juda ham katta deformatsiya hosil qilishi yoki tebranishi bilan aniqlanadi. Uchinchi guruh chegaraviy holati konstruksiyada yoriqlaming paydo bo‘lib rivojlanishi va boshqa darzlar hosil bo‘lish bilan aniqlanadi. Bu mavzuda konstruksiyaning birinchi tur chegaraviy holati bo‘yicha mustahkamlika hisoblashni ko‘rib chiqamiz. Konstruksiyalarni ruxsat etilgan normal kuchlanish bo‘yicha musthkamlikka hisoblashda bitta umumiy ehtiyotlik koeffitsienti kiritiladi. Birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha konstruksiyani mustahkamlikka hisoblashda moilroq yondoshuv bilan zaruriy ehtiyotlik mustahkamligini ta’minlash bilan farq qiladi. Bunda bitta ehtiyotlik koeffitsienti o‘rniga bir nechta koeffitsientlar kiritiladi. Mustahkamlikni ta’minlashda hisobiy yuk miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi: (24) Yuklanishda QMQ da keltirilgan, me’yoriy Fn yuk miqdoriga nisbatan yukning ortishini hisobga oluvchi ishonchlilik koeffitsient. Bu ifodadagi ehtiyotlik koeffitsienti doimiy yuklar uchun =1,05 -1,3 Vaqtincha yuklar uchun = 1,05 -1,4. Misol uchun qor va shamol uchun =1,4 Konstruksiya materialining namunada o‘tkazilgan tajriba natijalariga nisbatan, me’yoriy Rn qarshiligining mumkin bo‘lgan kamayishini hisobga oluvchi, material bo‘yicha ishonchlilik koeffitsient kiritilgan. Plastik materiallar uchun normativ qarshilik sifatida Rn = oquvchanlik chegarasi, mo‘rt materiallar uchun mustahkamlik Rn = chegarasi qabul qilinadi. Po‘lat konstruksiyalar uchun material bo‘yicha ehtiyotlik koeffitsienti = 1,025 -1,15 oralig‘dagi qiymatlarni qabul qiladi. (25) Materialning hisobiy qarshiligi deb ataluvchi miqdor quyidagi formuladan aniqlanadi: (26) va u oquvchanlik chegarasi bo‘yicha materialning hisobiy qarshiligi deb yuritiladi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling