1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
- MA`RUZA :TO‘QIMACHILIK KORXONALARI SEXLARIDAN AJRATILIB CHIQADIGAN ASOSIY ZARARLI MODDALAR
Download 1.58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
11- MA`RUZA :TO‘QIMACHILIK KORXONALARI SEXLARIDAN AJRATILIB CHIQADIGAN ASOSIY ZARARLI MODDALAR
To‘qimachilik sanoati sexlarida tolali materiallarni titish, savash, tarash, paxmoqlash jarayonlarida chang, bo‘yash, bo‘yoqlar tayyorlash, oxorlash, tuklarini kuydirish jarayonlarida kimyoviy zararli gazlar ajralib chiqadi. Bu zararli moddalar ishchilar fiziologiyasiga ta’sir qilib, organizmni zaxarlanishiga olib kelishi mumkin. Paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida asosiy zarali moda – changdir. U hamma ishlab chiqarish sexlarida hamda korxona xududida atmosferada uzoq vaqtlar qo‘nmay havoda uchib yurishi mumkin. Chang zarrachalari tarkibiga ko‘ra organik va mineral qismlardan iborat. Bunda uning asosiy qismini organik moda bo‘lmish tola va uning bo‘lakchalari (yigiruv fabrikalarida 96-98%) tashkil etadi. U murakkab tarkibli bo‘lib, turli shakl va kattaliklarda uchraydi. Changga gigienik baho berganda uning tarkibi asosiy rol o‘ynaydi. Uning organik qismi sellyulozadan tashkil topgan bo‘lib, u organizmga zaxarli ta’sir qilmaydi, lekin unda mog‘or zamburug‘lari mavjud bo‘lishi mumkin, bu esa organizm xaroratini oshiradi, bosh og‘rig‘i, hamda titroq tutish hollariga olib keladi. (Pnevmokonioz, bissenoz kasalliklari). Bundan tashqari paxta changida, paxtaga ishlov berish natijasida qolgan zaxarli moddalar (pestitsid, gerbitsid va diroliantlar) bo‘lishi mumkin. Changning tarkibidagi mineral qismida kremniy ikki oksidi (SiO2) qancha ko‘p bo‘lsa, kasallik xavfi shuncha ortadi. Ayrim hollarda changning mayda zarrachalari kishi o‘pkasining alveollariga kirib, ularni berkitish natijasida, o‘pkaning ish faoliyatini pasaytiradi, ya’ni kishi o‘pkaning to‘liq xajmida nafas ololmaydi, natijada borib-borib xastalikka uchrashi, ya’ni pnevmokonioz kasaliga uchrashi mumkin. Changlarni kishi tanasiga ta’sirini aniqlashda nafaqat ularning fizik xususiyatlarini, balki ularning o‘lchamini ham hisobga olish kerakdir. Bu orada eng xavflisi, kattaligi 5mkmgacha bo‘lgan changlardir, chunki ular o‘pkaning kattaligi 4-5mkm bo‘lgan alveollariga bemalol kira oladilar. Bundan katta bo‘lgan chang zarrachalari esa yuqori nafas yo‘llarida va bronxlarda ushlanib qoladi va tanadan chiqarib yuboriladi. Yana chang zarrachalarining kattaliklari, ularning havoda qanchalik ko‘p ushlanib turishini belgilaydi, bu esa ularning organizmga kirish imkoniyatini kuchaytiradi. Tadqiqotlarnatijasi chang zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, ular havoda shuncha ko‘p ushlanib turishlarini ko‘rsatadi. To‘qimachilik korxonalarida paxta changi uchun quyidagi yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya (YQBK) qabul qilingan. Bu esa chang tarkibidagi SiO2 ga bog‘liqdir. Sanitariya me’yorlari CH-245-71da berilishicha: agar chang tarkibidagi SiO2 2%dan kam miqdorda bo‘lsa, YQBK – 6mg/m3, 2dan 10%gacha bo‘lsa – 4mg/m3 bo‘lishi keltirilgan. To‘qimachilik sanoatida oxor tayyorlashda sulfat kislotasi, xlorid va sirka kislotalari, o‘yuvchi natriy va boshqa moddalar ishlatilib, ular sex havosiga zararli gaz va bug‘lar ajratib chiqaradi. Tola va iplarni hamda matolarni bo‘yashda oltingugurt birikmalari (NaS), xlorli birikmalar (NaCl), o‘yuvchi ishqor (NaOH) va boshqa kimyoviy moddalar qo‘llaniladi. Ayni paytda bu moddalar kishi tanasiga salbiy ta’sir qilishi va organizmni zaxarlashi mumkin. Kishi organizmiga ta’siri bo‘yicha zararli moddalar 4 sinfga bo‘linadi: 1-sinf – favqulodda xavfli, 2-sinf – yuqori darajada xavfli, 3-sinf – mo‘tadil xavfli, 4-sinf – kam darajada xavfli. Sexlardan, shamollatish va aspiratsiya nuqtalari orqali so‘rib olingan havo atmosferaga chiqarib yuborishdan oldin zararli moddalardan tozalanadi. Changning atmosferadagi konsentratsiyasi 0,3 YQBKdan oshmasligi kerak. Sexdan ajralib chiqayotgan zararli moddalarni so‘rib olish va tozalash uskunalariga uzatishning quyidagi usullari mavjud: Umumiy havo almashish. Bunda sex devori yoki derazalarga o‘q bo‘ylab yo‘naltiruvchi ventilatorlar o‘rnatilib, sex havosini zararli moddalar bilan birga so‘rib oladi. Buning samarasi past, chunki tashqariga chiqarib yuborilgan chang zarrachalari Yana sexga qaytib Kirishi mumkin. Zontlar o‘rnatish. Bu usul asosan yuqori havoni va nam havoni so‘rib olishda ishlatiladi. Kapsullash. Zichlab (germetik) berkitish. Bu sul juda samarali, lekin Uni faqat uskunani avtoma- tik yoki masofadan (distatsi- on) boshqarish imkoni bo‘l- gandagina qo‘llash mumkin. Aspiratsiyalash. Zararli chiqindilarni ular ajralib chiqayotgan joyidan so‘rib olish. Bu usul paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida juda keng qo‘llaniladi va samarali ishlaydi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Aspiratsiyalash sistemalarining qabul qiluvchi molamalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: - Ular bevosita chang va momiq chiqayotgan joyga yaqinroq va zichroq joylashishi kerak; - Tuzilishi momiqning xarakat yo‘lida keskin to‘siqlarga uchramasligi, ravon, tekis va silliq bo‘lishi, keskin o‘timlardan holi bo‘lishi kerak. - So‘ruvchi quvurning havo kirish tirqishi mashinaning chang va momiq chiqadigan yeriga yaqin o‘rnatilishi kerak, chunki uzoqlashgan sari havoning tezligi keskin kamayib boradi. 5. Idishning gardishidan so‘rib olish. Bu usul yirik o‘lchamli idishlardan ajralib chiqayotgan bug‘, yuqori harorat va gazlarni so‘rib olishda va boshqa usullar qo‘llash imkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Changli havoni tozalovchi uskunalarning ko‘plab turlari mavjud, lekin ularning qay birini tanlash changning klassifikatsiya guruhiga bog‘liq. Chang zarrachalarining o‘lchamlariga binoan, barcha sanoat turlarining changlari 5ta tasnif guruhga bo‘linadi: І – juda yirik chang; ІІ – yirik chang; ІІІ – o‘rta yiriklikdagi chang; ІV – mayda chang; V – juda mayda chang; Changlarning tasnif guruxiga qarab, changli havoni tozalovchi uskunalar hamsamaradorligi bo‘yicha quyidagi 5 klassga bo‘linadi.
Havoni changdan tozalash uskunalari quyidagilar bilan xarakterlanadi: Havoni changdan tozalash samaradorligi – ŋ. m1 – uskunaga kirayotgan chang miqdori, kg; m2 – uskunada ushlab qolgan chang miqdori, kg; Odatda bu kattalik uskunaga kirayotgan va undan chiqayotgan havodan chang konsentratsiyasi bilan aniqlanadi: Sk – kirayotgan havodagi chang konsentratsiyasi, mg/m3; Sch – chiqayotgan havodagi chang konsentratsiyasi, mg/m3; Ayrim hollarda changli havoni tozalovchi uskunalarning samaradorligi yetishmasligi natijasida 2 bosqichli uskunalar ham qo‘llanadi. Bunday hollarda umumiy samardorligi quyidagicha hisoblanadi: η1, η2 – har bir tozalash uskunasining ishlash samaradorligi. 2. havo o‘tkazish qobilyati. Bu vaqt birligi davomida filtrning 1m2 to‘rli yuzasidan o‘tgan havo miqdoridir. L – m3/s∙m2 3. Chang sig‘imi – bu chang yig‘iladigan yuzada havo o‘tishi uchun to‘sqinlik qilmaydigan eng ko‘p chang miqdoridir, g/m2; 4. bosimning yo‘qolishi yoki filtrning qarshilik kattaligi, n/m2. Havoni changdan tozalovchi uskunalar ishlash prinsipi bo‘yicha 3 xil bo‘ladi: quruq, xo‘l va elektr filtrlar. I. Quruq usulda changli havoni tozalash uskunalarning to‘qimachilik, paxta tozalash va yengil sanoatda eng ko‘p qo‘llaniladigan quyidagilardir. 1. Chang kameralari (yerto‘lalari). η=50-80% V=0,25÷0,25m/sek Barcha eski fabrikalar chang yerto‘lalariga ega. Ular savash sexi tagidagi yerto‘laga joylashgan katta umumiy xona shaklida alohida kanallar umumiy yer to‘laga birlashgan shaklida bo‘ladi. Bu yerto‘lalarda havoning tezligi V=0,125 – 0,25 m/s dan oshmasligi kerak. Chunki havo bilan aralashgan chang zarrachalari tezligini yo‘qotib, o‘z og‘irligi kuchi hisobiga o‘tirishi kerak. Shuning uchun bu yerto‘lalar ancha katta o‘lchamlarga egadir. Bu yerdagi havo nihoyatda sokin bo‘lib, girdoblar hosil qilmasligi kerak. Shu bilan birga havo bosimi 29,4Padan oshmasligi kerak. Tozalangan o‘avoni chiqarib yuborish uchun chang minorasi quriladi. Chang minorasi bino tomining eng yuqori nuqtasidan kamida 3m baland bo‘lishi kerak. Yerto‘laning balandligi 2-3m, agarda kanal bo‘lsa, uning o‘lchamlari odatda 1,4x0,75m bo‘ladi. Chang yerto‘lalari qator kamchilik va nuqsonlarga egadir. Ularni qurish va ekspluatatsiya qilish katta mablag‘ talab qiladi. Sexdagi havoni 15-20 karra almashtirilganda qish vaqtida sex xarorati pasayib ketadi, namlik oshib ketadi, natijada issiqlikning ko‘p sarf bo‘lishiga olib keladi. Atmosferaga chiqarilib yuboriladigan havodagi changlanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi uchun bu havoni sexga qaytib berib bo‘lmaydi. Eski fabrikalarni qayta ta’mirlashda shu narsa aniqlandiki, zamonaviy titish va savash agregatlarining quvvatlari va undan so‘rilayotgan havoning xajmi katta bo‘lganligi uchunchang yerto‘lalarining xajmi kichiklik qilib qolyapti. Havoning bosimi va tezligi oshib,girdoblar paydo bo‘lishikuzatilayapti. Natijada havo orqaga qaytib, sexdan so‘rilish o‘rniga, sexga chiqib ketishi kuzatilayapti. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling