9-MAVZU: PAXTA TO`QIMACHILIK KORXONALARI SEXLARINI SHAMOLLATISH.
Asosiy savollar:
Ishlab chiqarish sexlarini shamollatish.
Ishlab chiqarish sexlarini isitish. Ularning afzalliklari va kamchiliklari.
Zararli chiqindilarni so‘rib olish.
Havoni changdan tozalash.
Asosiy savolning bayoni:
Shamollatishning vazifasi ishlab chiqarish sexlarida havoning tozaligini va belgilangan mikroiqlim sharoitlarini ta’minlashdir. SHamollatish, sexdagi ifloslangan yoki qizib ketgan havoni chiqarib tashlash va o‘rniga toza havo berish bilan bajariladi.
Havo almashtirish bo‘yicha shamollatish 3 turli bo‘ladi:
Tabiiy,
Mexanik,
Aralash.
SHamollatish sistemasi nima uchun xizmat qilishiga qarab 3 turli bo‘ladi:
Havo beruvchi,
Co‘rib oluvchi,
Beruvchi va so‘rib oluvchi.
Ta’sir qilish eri bo‘yicha-umumiy va mahalliy turlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda ko‘pincha ikkovi birgalikda qo‘llanadi. Ayrim hollarda o‘ta zaxarli gazlar ajralib chiqish va havoga tarqalish xavfi tug‘ilganda avariya shamollatish sistemasi qo‘llanadi.
Odatda toza havo ish joylariga beriladi, ifloslangan havo esa sexning yuqori qismidan so‘rib olinadi. Ayrim hollarda (jumladan to‘qimachilik sanoatida ham) sexning pastki qismidan so‘rib olinadi.
SHamollatish sistemasiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iboratdir: ishchilarni sovuqotishiga yoki qizib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi, shovqin miqdori belgilangan darajadan oshib ketmasligi kerak, elektr va portlash jihatidan xavfsiz bo‘lishi, tuzilishi sodda, eksplutasiyada mustaxkam va ishlashda samarador bo‘lishi kerak.
Aeratsiya sovuq sexlarda shamolning bosimi tufayli, issiq sexlarda esa shamolning bosimi va gravitasion bosimning birgalikda va alohida ta’siri tufayli amalgam oshadi.
Deflektorlar shamolning quvvatidan foydalanib havo so‘ruvchi quvurlarning tepa qismiga ulanib sexning tomiga o‘rnatiladi. Ular uncha katta bo‘lmagan sexlardan, hamda mahalliy havo so‘rish sistemalaridan ifloslangan yoki qizib ketgan havoni so‘rish uchun ishlatiladi.
Hozirgi paytda SAGI deflektori keng qo‘llanadi. U diffuzor (1) va uning yuqori tarafi silindr shaklidagi to‘sqich (2) dan iborat. Ichkaridan ishlatilgan havoni so‘ruvchi quvur (5) va unga qor va yomg‘ir tushmasligi uchun qalpoq (3) o‘rnatilgan. Deflektor ichiga havo kirib ketmasligi uchun konus (4) o‘rnatilgan.
6-rasm. Deflektor SAGI
Shamol deflektorning silindrik to‘sig‘iga urilib, uning ichki qismida manfiy bosimli zona hosil qiladi, (samovar karnayini eslang), shuning natijasida xonadagi havo quvur (5) oqrali yuqoriga ko‘tariladi va tashqariga chiqib ketadi. Deflektor ishining samaradorligi asosan shamolning tezligiga, hamda tomning yuqori nuqtasidan qancha balandlikka o‘rnatilishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |