Xavflar potentsial, ya’ni yashirish xarakterga egadir.
Xavflarni taqqoslash - kishining hayotiy faoliyatini ta’minlashga qaratilgan profilaktik hamda operativ tadbirlarni ishlab chiqish zarur va etarli bo’lgan xarakteristikalarni qidirib topish va miqdorini belgilash jarayonidir.
Xavflarni taqqoslash jarayonida, aniq masalani hal qilish uchun zarur bo’lgan xavflar ro’yxati, ularning namoyon bo’lish extimoli, bo’lishi mumkin bo’lgan zarar va boshqa kattaliklar aniqlanadi.
Yashirin xavflar amalga oshishiga olib keladigan sharoit sabab deb ataladi.
Boshqa so’zlar bilan aytganda, sabablar nohush oqibatlarga olib keluvchi, zarar keltiruvchi va xavf-xatar hosil qiluvchi vaziyatlar majmuasidir. Zarar yoki nohush oqibatlar formalari xilma-xildir: jarohatlar, kasalliklar, atrof muhitga keltirilgan zarar, va boshqalar.
Xavf - sabab va oqibatlar, baxtsiz xodisa, favqulodda holat, yong’in va shunga o’xshash voqealarning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
“Xavf – sabab - nohush oqibat” uchligi, bu yashirish xavflarni, zararlarni amalga oshiruvchi taraqkiyotning mantiqiy jarayonidir. Bir xil xavf har xil sabablar bilan ro’yobga chiqishi mumkin.
Baxtsiz xodisalarning profilaktikasi asosida sabablarni qidirish yotadi. Masalan:
Zahar /xavf/ -dori tayyorlovchining xatosi /sabab/-zaxarlanish
/nohush oqibat/.
Elektr toki /xavf/-qisqa tutashuv /sabab/-kuyish /nohush oqibat/
Chanqash /xavf/-saxroda adashish /sabab/-organizmni kuruqshab qolishi /nohush oqibat/.
Darsga kelmaslik /xavf/-erinchoqlik /sabab/-institutdan xaydalish /nohush oqibat/.
Yashirin xavflar aksiomasi
Insoniyatning amaliy hayoti har qanday faoliyat yashirin xavfga ega ekanligini ko’rsatadi. Hech qaysi faoliyat turida absolyut xavfsizlikka erishish mumkin emas. shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, har qanday faoliyat yashirin xavfli. Bu aksioma xarakteriga ega, ya’ni o’z-o’zidan ma’lum xaqiqat. Bu aksioma g’oyat katta metodologik ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |