1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet4/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Texnogen avariya va falokatlar. XX asrning o’rtalariga qadar odamzod tabiatni buza oladigan darajadagi kuchli vositalarga ega emas edi.
Yadroviy ob’ektlarning va zaharli kimyoviy moddalarning ko’plab miqdorlarda bir joyda to’planishi va ishlab chiqarilishining o’sishi, odamning ekosistemaga katta zarar keltirish, xatto, ayrim hududlarda uni buzib yuborish imkoniga ega qildi.
Insoniyatning aktiv texnogen faoliyati tufayli planetamizning ko’pgina hududlarida biosferaga putur etgan va yangi yashash muhiti turi - texnosfera vujudga kelgan.
Texnosferani yarataborib, insoniyat o’z yashash muhitini yaxshilashga, uning qulay bo’lishiga, tabiatning nohush ta’siridan saqlashga intildi. Bu albatta, uning yashash sharoitini yaxshiladi, qulaylashtirdi va boshqa omillar (tibbiy xizmatning yaxshilanishi va h.k.) bilan birgalikda umrining uzayishiga olib keldi. Masalan, XIX asr boshlarida odam umrining uzunligi o’rtacha 35- 40 yil bo’lgan bo’lsa, XX asrga kelib 60 - 63 yilga etgan.
Lekin, inson ongi va qo’li bilan yaratgan texnosfera ko’p xollarda odamlar umidini oqlamadi. Yaratilgan ishlab chiqarish va shahar muhiti xavfsizlik satxi bo’yicha talab darajasidan ancha orqada. Texnosferaning paydo bo’lishi, uning borgan sari kengayib borishi biosfyerani siqib chiqarmoqda, uning o’rnini olmoqda. Bu esa planetamiz ekosistemasini buzilishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda yer yuzida ekosistemasi buzilmagan maydonlar oz qismni tashkil qiladi. Masalan, Evropada 15,6%, Osiyoda 43,6%, Shimoliy Amyerikada 56,3% halos.
4-jadval
BMTning 1995 yil ma’lumotiga ko’ra inson umrining qisqarishi (IUQ). (soatlarda)






Mehnat sharoiti

IUQ

1.
2.
3.
4.

Chekish. 45 yil davomida kuniga 20 dona sigaret Ko’mir konida ishlash
Nohush sharoitlarda yashash
Yirik shaharlardagi havoning ifloslanganligi

2250
1100
500
350




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling