1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet3/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Demografik portlash. Tibbiyot fanining yutuqlari, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, qishloq xo’jalik mahsulotlari xosildorligining oshirilishi odamlar hayotining uzayishiga sharoit yaratadi. shu bilan birga qator hududlarda tug’ilish yuqoriligicha davom etmoqda.
Xozirgi kunda yer aholisi soni jadallik bilan ko’payib bormoqda.
1-jadval
Yer aholisi sonining ortib borishi.

Masalan:

1840

1930

1962

1975

1987

1999




1 mlrd.

2

3

4

5

6 mlrd

Ayrim olimlarning bashoratlariga qaraganda asrimiz oxiriga borib yer aholisining soni 28 - 30 mlrd.ga etishi kutilyapti. Bunday sharoitda (texnologiyaning hozirgi holatida) yer aholisini oziq-ovqat va zaruriy narsalar bilan ta’minlay olmaydi. Ma’lum vaqtdan so’ng yerda ocharchilik, ommaviy kasallanish, yashash muhitining buzilishi boshlanadi va bu provard natijada aholi sonining kamayishiga va kishilik jamiyatining inqiroziga olib keladi.
Urbanizatsiya. demografik portlash jarayoni bilan birgalikda shahar aholisi sonining jadallik bilan ko’payishi kuzatilyapti.
2-jadval
Shahar aholisi sonining ortib borishi.

Yillar

1880

1950

1970

1984

2000

Shahar
aholisi %

1,7

13 ,1

17

50

80-85

3-jadval
Ayrim yirik shaharlar aholisini ortib borishi.





Shahar (davlat)

1994 yil mln.kishi

Kutilyapti 2015y mln. kishi

Tokio (Yaponiya)

26,5

28,7

Nyu-York (AQSH)

16,3

17,6

San-Paulu(Braziliya)

16,1

20,8

Mexiko (Meksika)

15,5

18,8

Shanxay (Xitoy)

14,7

23,4

Bombey (Xindiston)

14,5

27,4

Los-Anjeles (AQSH)

12,2

14,3

Pekin (Xitoy)

12,0

19,4

Kal’kutta (Xindiston)

11,5

17,6

Seul (Jan. Koreya)

11,5

13,1

Bir tomondan bu yaxshi, ko’pgina sohalarda ishlab chiqarish unumdorligining ko’payishiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy-maorif muammolarining echilishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan hayotiy sharoitlarning yomonlashuviga, tabiiy muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Katta shahar va sanoat markazlariga xos bo’lgan alomat yashash muhiti komponentlarining yuqori darajada ifloslanib ketganligidir. Masalan, 1sm3 shahar havosida 10 000 dona, kishloq havosida 1000 dona va dengiz ustidagi havoda 100 dona zarracha aniqlanganligi buning isbotidir.
Energetika, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalarining ko’payishi. Yerda aholi sonining ortishi va harbiy maqsadlar sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishga, transport vositalari ko’payishiga, energiya ishlab chiqarilishi va xomashyo resurslariga bo’lgan talabning ortishiga turtki bo’ldi. Moddiy va energetik resurslarga bo’lgan talab, aholi sonining o’sishiga nisbatan yuqori sur’atda bo’ladi, chunki kishi boshiga bo’lgan talabning o’rtacha qiymati muntazam ravishda ortib boradi.
Harbiy maqsadlarga ketadigan harajatlar juda kattadir. Ikkinchi jahon urushidan keyin qurollar ishlab chiqarishga dunyo bo’yicha 6 trln AQSH dollari sarf qilinadi.
qilingan. Harbiy sanoat, texnikaning, energetika va sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishida katta omil hisoblanadi.
XX asrning ikkinchi yaramida dunyoning etakchi mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishi har 12-15 yilda ikki barobar ortib borgan. Bu esa biosferaga chiqarilayotgan ifloslovchi chiqindilarning uch barobar ko’payishiga olib kelgan.
Dunyo avtomobil parki ham juda katta sur’atlar bilan ortib bordi. Masalan, 1960 yilda dunyo bo’yicha 120 mln avtomobil bo’lgan bo’lsa, 1990 yilda uning soni 420 mln.ga etgan. Xozir dunyoda 600 mln.dan ortik avtomobil bor.
Yana bir tomoni shundaki, sanoatning va texnik vositalarning rivojlanishi, nafaqat atrof-muhitga ifloslovchi moddalar chiqishining ortishi bilan, balki, ishlab chiqarishga ko’plab kimyoviy moddalar jalb qilinishi bilan ham harakterlanadi.
Qishloq xo’jaligida xosildorlikni oshirish, zararkunanda-larga karshi kurashish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar tuproqning, sug’orish natijasida chiqqan oqava suvlar tufayli suv havzalarining xolatiga salbiy ta’sir qilib, undagi jonivorlarning kasallanishiga, qirilib ketishiga olib keladi. O’simliklarni zararkunandalardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan pestitsidlar odamlarga ham katta xavf solmoqda. Har yili dunyo bo’yicha pestitsidlardan zaharlanib 10 ming odam, qushlar, xashoratlar, o’rmonlar qirilib ketayotganligi aniqlangan. Ular oziq- ovqatlarga, ichimlik suvlarga tushadi. Barcha pestitsidlar odamga va tirik mavjudotlarga nasliy (mutagen) salbiy ta’sir qilishi ma’lum.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling