3-MA`RUZA. MAVZU: ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA INSON OMILI.
Urbanizatsiyalashgan odamning hayoti faoliyatning quyidagi turlari bilan uzviy bog’langandir: iqtisodiyotning turli sohalaridagi mehnat, shahar muhitida yashash, transport vositalaridan foydalanish, maishiy hayot, faol va passiv xordiq.
Xavflarni tahlil qilish nuqtai nazaridan inson faoliyatini o’zaro aloqadagi ikki murakkab tizimlardan tashkil topgan sistema deb qarash maqsadga muvofiqdir. “Inson (shaxs)” va “Yashash muhiti (ishlab chiqarish muhiti)”. Bunda “Inson (shaxs)” sistemasi odamning ishlab chiqarish faoliyati davomida antropometrik, fiziologik, psixofizik, psixologik imkoniyatlaridan foydalanib turli-tuman xavflardan himoyalanishi nazarda tutiladi.
Inson faoliyati turli-tuman xarakterlarga ega. shunga qaramasdan uni uch asosiy guruxga bo’lish mumkin. (2-rasm).
2-rasm. Inson faoliyatining asosiy formalari.
Jismoniy mehnat. Jismoniy mehnat (ish) deb “Inson-mehnat quroli” sistemasida energetik funktsiyalarni bajarishiga aytiladi. U muskullar aktivligini ko’proq talab qiladi va dinamik hamda statik turlarga bo’linadi. dinamik ish inson tanasi, qo’llari, oyoqlari, barmoqlarining fazoda harakatlanishi bilan ifodalansa, statik ishda turib yoki o’tirib ishlaganda kuchlanish tananing, qo’l va oyoqlarning mushaklariga tushishi bilan bog’liq.
Jismoniy ishning og’irligi tananing energiya sarfi bilan aniqlanadi va quyidagi uch: I - engil, II - o’rta og’irlikdagi va III - og’ir kategoriyalariga bo’linadi.
I - engil ishlar o’z navbatida;
Ia - energiya sarfi 139 Vt gacha bo’lgan, o’tirib, bir oz jismoniy zo’riqish bilan bajariladigan ishlar;
Ib - energiya sarf 140 - 174 Vt oralig’ida bo’lgan, o’tirib, turib yoki yurib engil jismoniy zo’riqish bilan bajariladigan ishlarga bo’linadi.
II- o’rta og’irlikdagi ishlar ham;
IIa - energiya sarfi 175-232 Vt oralig’ida bo’lib, muntazam yurib, o’tirgan yoki turgan holda, og’irligi 1 kg gacha bo’lgan mayda jism va maxsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olish va ma’lum jismoniy zo’riqish talab qiladigan ishlar;
IIb - energiya sarfi 233-290 Vt oralig’ida bo’lib, yurib bajariladigan, og’irligi 10 kg gacha bo’lgan yuklarni tashish va sezilarli jismoniy zo’riqish talab qiladigan ishlar.
III - og’ir ishlar. Bunga energiya sarfi 290 Vt dan yukori, og’irligi 10 kg dan ortiq bo’lgan yuklarni muntazam ravishda bir joydan ikkinchi joyga olish, tashish, ko’tarish va katta jismoniy zo’riqish talab qiladigan ishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |