1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
Teri orqali sezish xarakteristikasi
Download 1.58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’riq sezgirligi
Teri orqali sezish xarakteristikasiTeri ozgina bo’lsa ham bosimni (sal tegib ketish), og’riq issiq, sovuq va titrashini sezish qobiliyatiga ega. Bularning har birini seza oladigan asab tolalarining uchlari terida joylashgan. Ularning soni terining turli uchastkalarida turlichadir. Masalan, qo’l panjalarining orqa terisida har kvadrat santimetrda 188ta og’riq, 14ta sezish, 7 ta sovuq va 0,5ta issiq sezuvchi retseptorlar; ko’krak qafasi terisida esa 196ta og’riq, 29,9ta sezish va 0,3ta sovuq sezuvchi retseptorlar mavjudligi aniqlangan. Terining sal tegishga sezgirligi (taktil analizatori) bu har xil mexanik ta’sirlarning (bosim) teriga bergan deformatsiyasidir. Bu sezish turi faqat deformatsiya vaqtidagina seziladi. Bu ko’proq tananing mexanik ta’sirlarga sezgirligi bo’lib, tananing chekka qismlarida ko’proq rivojlangan. Masalan, qo’l barmoqlari uchlarida - 3 g/mm2 , barmoqlarning orqa tomonida - 5 g/mm2 qo’l panjalarining orqa tomonida - 12 g/mm2 , qorin terisida - 26 g/mm2 , tovonlarda - 250 g/mm2 ni tashkil qiladi. Bu xususiyat tez ko’nikma xosil qilishi bilan xarakterlanadi. Ko’nikish vaqti ta’sir qiluvchining kuchiga bog’liq va badanning har xil qismlarida 2 s dan 20 s gacha o’zgaradi. Terining og’riq sezishi - bu uning 1 mm yuzasiga bo’lgan mexanik bosim bilan xarakterlanadigan kattalik bo’lib, badanning har xil joyida har xil bo’ladi. Masalan, barmoq uchlari terisining og’riq sezishi - 300 g/mm2 ni tashkil qiladi. Bu sezgi turining ahamiyatli tomoni shundaki, u kishiga xavf haqida xabar berishi bilan birga, organizmni xavfga qarshi o’zini saqlashga qaratilgan safarbarligini oshiradi. Og’riq signali ta’siri ostida organizmning barcha a’zolari ishi qaytadan to’g’rilanadi va tashqi ta’sirga javob berish qobiliyati oshadi. Og’riq sezgirligiYuqorida aytilganidek; har qanday analizatorda og’riq ta’sir etuvchining absolyut chegarasidan ortib ketganda sodir bo’ladi. shu asosga ko’ra maxsus og’riq sezish retseptorlari borligi inkor qilinar edi. Lekin, oxirgi tadqiqotlar terining qatlamlari orasida og’riqni sezadigan maxsus asab tomirchalari borligi aniqlandi. Taktil va og’riq retseptorlari orasida qarama-qarshi munosabat aniqlangan. Ular shundan iboratki terining taktil retseptorlariga boy joylarida og’riq retseptorlari siyrak joylashgan va teskarisi. Bu qarama-karshilik organizm hayotida retseptorlarning vazifalaridagi farqdadir. Og’riq sezish mudofaa reflekslarini uyg’otadi, xususan ta’sir etuvchidan uzoqlashish. Taktil sezgi esa, yo’naltiruvchi, moslashtiruvchi reflekslar bilan maxfiy bog’liq, bu esa ta’sir etuvchiga yaqinlashish refleksini uyg’otadi. Og’riqning biologik ma’nosi shundaki, u xavf xaqidagi signal bo’lib organizmni o’zini -o’zi himoya qilishga safarbar qiladi. Og’riq signali ta’siri ostida organizm barcha sistemalarning ishi qayta quriladi va uning aks ta’siri ortadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling