Bu insonning faoliyatida uning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mo’jizaviy omillardan biri bo’lib, turli-tuman hidlarni (400 ga yaqin) seza oladi. Hid sezish retseptori burun ichidagi yuzasi 2,5 sm2 atrofida bo’lgan shilliq pardadan iborat.
Hid qabul qilishning shartlari hid chiqaruvchi modda molekulalarining uchuvchanligi, havoning harakati va h.k. omillardir. Hidlar texnologik jarayonning buzilganligi, xavfli vaziyat vujudga kelganligi, turli zararli gaz va suyuqliklarning sizib chiqqanligi haqida signal berishi mumkin. Hozirgi paytda hid sezish bo’yicha umumiy bir qonuniyat yo’q. Fan xali hid nima degan savolga javob berganicha yo’q. Bu Ollohning insonga bergan ne’matlaridan biri.
Maza bilish - bu turli eriydigan moddalarning ta’m bilish retseptorlariga, asosan tilga ta’sir etishi natijasida paydo bo’ladigan sezgi. Bu retseptorlar tilda, xalqumning orqa devorida, yumshoq tanglayda, mushaklarda joylashgan. Til uchi, chetlari va orqa qismida retseptorlar ayniqsa ko’p; til o’rtasida va uning ostki qismida retseptorlar yo’q. Maza bilish retseptorlari asosan shirin, nordon, achchiq, chuchuk va sho’r mazalarni sezadi. Qolganlari ularning kombinatsiyalari deb tushuniladi.
Til va og’iz bo’shlig’i turli qismlarini sezuvchanligi bir xil emas, masalan til uchi shirinni, o’zagi achchiqni, chetlari esa nordonni va sho’r massani sezadi (4-rasm).
3-rasm. Retseptorlarning tilda joylashishi.
1-shirin ta’m, 2-achchiq, 3-nordon, 4-sho’r ta’m bilish retseptori.
Maza bilish retseptorlarining xususiyatlari 10-15 min. dan so’ng qayta tiklanadi. Hid sezish va ta’m bilish hissiyotlari moddaning xossalarini bildiribgina qolmay organizmning holatini xam bildiradi. Ta’m bilish analizatorining sezgirligi ancha dag’al, u o’rta hisobda 20% ni tashkil etadi. Amaliy faoliyat ta’siri ostida va maxsus bilimlar yordamida hid va ta’m bilish analizatorining sezgirligi ortishi mumkin. Bir xil odamlarda hid sezish xususiyati yuqori bo’ladi. Bir xil odamlarda ta’m bilish xususiyati /degustatorlar/ yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |