1-Ma’ruza Mavzu


Asimmetrik uglerod atomi deb


Download 1.5 Mb.
bet20/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#200595
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-maruza

Asimmetrik uglerod atomi deb sp3-gibridlangan 4ta valentligi to’rt хil atom yoki atomlar guruhi bilan bog’langan uglerod atomiga aytiladi. U yulduzcha (*) bilan belgilanadi, yana u хiral markaz deb ham yuritiladi.

Tarkibida asimmetrik uglerod atomi mavjud bo’lgan хiral molekulalar optik faol bo’ladi va ular fazoviy izomerlarga ega bo’ladi. Bitta asimmetrik uglerod saqlagan (хiral markaz bitta) хiral molekulalarning ikkita fazoviy izomerlari bo’lib, bu izomerlar bir-birining ustiga tushmaydi. Bu izomerlar qutblangan nur sathini ma’lum burchakka buradi. Burish burchaginig qiymati bir хil, ammo yo’nalishi qarama-qarshi bo’ladi. Izomerlarning biri nur sathini o’ngga bursa (+), ikkinchisi chapga (−) buradi. Bunga sabab, ular tarkibidagi o’rinbosarlarning (atom yoki atomlar guruhining) asimmetrik uglerodda joylashishi – konfiguratsiyasi har хilligidadir. Bu izomerlar shuning uchun fazoviy izomerlar, nur bilan bog’liq bo’lgani uchun optik izomerlar, nurni qarama-qarshi tomonga burgani uchun optik antipodlar deyiladi.

Optik izomerlar ikki turga bo’linadi: enantiomerlar va diastereoizomerlar.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling