1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ma’naviyat (arabcha-ma’nolar majmui) kishilarning ichki, ruxiy, axloqiy qiyofa tushunchasi bo‘lib, ma’lum bir axloqiy me’yorlari asosida yashash tarzi hisoblanadi


Download 2.43 Mb.
bet163/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ma’naviyat (arabcha-ma’nolar majmui) kishilarning ichki, ruxiy, axloqiy qiyofa tushunchasi bo‘lib, ma’lum bir axloqiy me’yorlari asosida yashash tarzi hisoblanadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalari insonning jamiyatdagi o‘rnidan, vazifasidan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
1.Bolalar va yoshlarni jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy me’yorlarga izchillik bilan o‘rgatib borish:
2.Bolalarning ma’naviy-axloqiy tajribalarini shakllantira borish:
3.Ularning ongi, his-tuyg‘usini, xulqini umuminsoniy va milliy odob normalarini o‘zlashtirishga qarab yo‘naltirib borish.
4.Jamiyat a’zosi, shaxsning axloqiy qiyofasini shakllantirish.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni: uzluksiz ta’lim tizimida bolalar va yoshlarning axloqiy sifatlarini shakllantirishning juda keng dasturi mavjud. Bu katta murakkab dasturning asosiy yo‘nalishi axloq-odob me’yorlari bilan belgilangan. Bunga o‘quvchilarni jamiyatga, mehnatga, insonlarga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini shakllantirish kiradi.
Jamiyatga munosabatni belgilovchi ma’naviy-axloqiy sifatlar: qadriyatlarni ezozlash, vatanparvarlik, do‘stlik, o‘rtoqlik, fuqaroparvarlik.
Mehnatga munosabatni belgilovchi etakchi omillar:
Mehnatga munosabatni belgilovchi etakchi omillar yuqori mehnat ongliligi, mehnatning hayotiy zarurat ekanligini tushinib etish, mehnatsevarlik, mehnatda jamoa bo‘lib ishtirok etish, mehnat ahlini hurmatlash. Insonlarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarni shakllantirish:
Insonparvarlik, jamoada yashash; o‘ziga va o‘zining xulqiga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish: o‘z faoliyati va xatti-harakatiga ongli munosabat, intizomlilik, ma’naviy-madaniy xulq me’yorlariga qat’iy amal qilish; halollik va rostgo‘ylik, xushmuomalalik, kamtarlik, samimiylik va b.k.
3. Ma’naviy-axloqiy tarbiya tamoyillari.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyaisni tashkil va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muayyan tamoyillarga amal qilinsa yaxshi natija beradi. Tarbiya jarayonida erishilgan yutuqlarni umumlashtirgan holda ma’naviy-axloqiy ishlar samaradorligin belgilovchi asosiy tamoyillari: milliy-mafkuraviy yo‘naltirilganlik; ta’lim va tarbiya birligi; amaliy xarakterda bo‘lishi; ommaviylik; bolalar tashabbusini har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash; hayotiyligi; ong va xulq-atvor birligi; o‘zaro hurmat; ijobiy fazilatlarga tayanish va ularni rag‘batlantirish; salbiy xatti-harakatlarga mafkuraviy kurash; o‘quvchilarni yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini, aqliy va jinsiy xususiyatlarini hisobga olish; o‘zaro uzviylik; ma’naviy-axloqiy ishlar omillari ta’sirining muvofiqlashganligidan iborat.
4. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy bilim, ehtiyoj, ko‘nikma va e’tiqodlarini shakllantirish.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-axloqiy ishlarning asosiy yo‘nalishi qo‘yidagi sifatlarni shakllanishiga qaratilgan:

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling