1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish omillari
Ular asosan: asosiy xalq pedagogik tushunchalarini amalga oshirish; yaxshi ism qo‘ymoq, edirmoq-ichirmoq, voyaga etkazmoq, kasb o‘rgatmoq, odamlar qatoriga qo‘shmoq;
Xalq pedagogikasi oltin xazinasi, manbaalaridan unumli foydalanish (afsona, dotsonlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlar, xalq qo‘shiqlari, amaliy san’at durdonalari, shoir va yozuvchilar asarlari va h.z.); Xalq tarbiyasining mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini hal etish (xulq-atvor, odob-ahloq, aql-zakovat va o‘zini boshqara olish madaniyatini shakllantirish, soqliqni saqlash va chiniqtirish, badiiy-estetik didni shakllantirish va h.z.); Tarbiyaviy omillarni samarali qo‘llash (tirik tabiat, ona tili, mehnat, rasm-rusum, urf-odatlar, xalq hunarmandchiligi, turmush-tirikchilik va h.z.); Tarbiya usullari (o‘rnak ko‘rsatish, tushuntirish, ishontirish, ishonch, duo, iltimos, maslahat, minnatdorchilik, piching, tanbeh, xayfsan, ko‘ndirish, ta’qiq, ogohlantirish va h.z.); Tarbiya vositalari (xalq og‘zaki ijodi asarlari, xalq o‘yinlari va bayramlari, xasharlar, shanbaliklar); Inson turmush tarzi pedagogik konsepsiyasi (davlat, oila, jamiyat, xalq); Dunyo xalqlari pedagogik madaniyatlaridagi o‘ziga xoslik va umumiylikka e’tiborni qaratish (umumbashariy pedagogik madaniyat, turkiy xalqlar pedagogik madaniyati, slavyan xalqlari pedagogik madaniyati va h.z.) Xalq tarbiyachilari tajribalariga suyanish (ota-ona, keksalar, ustozlar, qo‘shnilar, xalq obro‘sini qozongan odamlar, adiblar va h.z.) Xalq pedagogikasidagi insoniy ideallar (chin inson, mard yigit, oppoq soqolli donishmand qariya, so‘zga chechan momo, suluv va oqila qiz va h.z.) Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini xalq pedagogikasi andozalariga muvofiq rivojlantirish (maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning pedagogik konsepsiyasi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya ishlarini xalq pedagogikasi yo‘nalishida uyushtirish) muammolari; Murabbiy va o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlarini rivojlantirish muammolari (milliy o‘qituvchining kasbiy mahorati, oliy ta’lim muassasalarida psixologiya va pedagogika fanlari mazmunini takomillashtirish muammolari, o‘qituvchilarni tayyorlash xalq pedagogikasi bilimlarining o‘rni va bajargan xizmatlari) ana shular jumlasidandir. Bu muammolarni hal etish bugungi kunda echimini kutayotgan dolzarb vazifalardan biridir. 3.Fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish omillari : O‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini yo‘lga qo‘yish-ularga mustaqil davlat tuzilmasining tavsifi, mamlakatning xalqaro maydonda tutgan o‘rni, vatanparvarlik va baynalmilallik tuyg‘ulari, respublika iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy harakat, mehnat an’analari, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura asoslari haqidagi bilimlarni berish asosida ularda fuqarolik hissiga egalik, zimmalaridagi burch va majburiyatlarni bajarishga nisbatan mas’uliyat, yot mafkuraviy qarashlarga nisbatan immunitet, ijtimoiy faollik va fidoiylik kabi sifatlarni shalkllantirishga qaratilgan tarbiya jarayoni hisoblanadi. O‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish manbalari va usul ta’minotini o‘rganish natijasiga ko‘ra qo‘yidagi omillar o‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling