1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Ta’limni tarbiyalovchilik prinsipi
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi.
Ta’limni tarbiyalovchilik prinsipi. Ta’limni tarbiyalovchilik prinsipi ta’lim jarayonini obektiv qonuniyatlarini ifodalaydi. Ta’lim-tarbiyadan tashqarida bo‘lish mumkin emas. Holbuki o‘qituvchi maxsus tarbiya maqsadini qo‘ymaganda ham o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Ularni o‘quv materiali mazmuni, bilimlarga bo‘lgan o‘zining munosabatlari, o‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etishda qo‘llagan metodlari,
o‘zining shaxsiy sifatlari orqali tarbiyalaydi. Ta’limda ta’limni tarbiyalovchilik prinsipi qator didaktik qoidalarga amal qilishni talab etadi: – har qanday o‘quv predmetini o‘rganishda maqsadli, ongli, tizimli tarbiyani olib borish; – tushuncha, ta’rif, qonun, simvollardan so‘ng o‘quvchilar tabiat hodisalarini va ijtimoiy progres qonunlarni tushunishlarini, shakldan so‘ng mazmunni, hodisadan so‘ng mohiyatni, tashqi belgilardan keyin ichki xususiyatlarni va qonuniyatlarini tushunishlariga erishish; – har bir darsni, har bir mavzuni tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish; – o‘quv jarayonini o‘quvchilarning madaniy xulq-atvoriga va o‘zaro munosabatlariga ta’sir etadigan qilib tashkil etish; – o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish va bir vaqtni o‘zida talabchanlikda bo‘lish. Hurmatga asoslanmagan talabchanlik jahldorlikni va norozilikni keltirib chiqaradi. Talabchan bo‘lmaslik mehribonlikni, tartibni buzilishiga, tartibsizlikka, o‘quvchilarni quloq solmasligiga olib keladi. Nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi. Ta’limni amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi o‘quvchilarni qiziqtirishni, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni, borliqni analiz (tahlil) qilishni, o‘z qarashlarini ishlab chiqishni talab etadi. Buning uchun real hayot vaziyatlari tahlil qilinadi, o‘quvchilar ishlab chiqarish bilan tanishadilar, mashg‘ulotlarda ko‘plab shaxsiy ma’lumotlardan foydalanadilar. O‘quvchilar maktabdagi ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilinadi. Nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi ilmiy asoslangan bilimlarni hayotda qo‘llanilishi bilan birgalikda, aloqadorlilikda o‘zlashtirilishini taqozo etadi. SHundagina o‘quvchilarda hayotdagi hodisa va jarayonlarga nisbatan ilmiyqarash hamda ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi. Amaliyot – bu haqiqat mezoni,bilish manbai hisoblanadi. Amaliyotda ta’lim natijasi tekshiriladi, tasdiqlanadi. Ta’limda nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi qator didaktik qoidalarga amal qilishni talab etadi: ta’limda o‘quvchilarni amaliy tajribasiga tayanish; nazariy billimlarni qo‘llanish sohasini ko‘rsatish; zamonaviy texnologiyalarni, yangi ishlab chiqarish munosabatlarini, mehnat qilishning qulay metodlarini o‘rganish; muammoli izlanish va tadqiqotchilik masalalarini qo‘llash; bilimlarni amaliyotda qo‘llash; ilg‘or ilmiy g’oyalarni, konsepsiyalarni, nazariyalarni ahamiyatini ko‘rsatish. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling