1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


tarbiya metodlarining tarbiya maqsad va vazifalariga muvofiq kelishi


Download 2.43 Mb.
bet69/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

1.tarbiya metodlarining tarbiya maqsad va vazifalariga muvofiq kelishi;
2.tarbiya prinsiplari talablariga javob berishi;
3.tarbiyani amalga oshirishga xizmat qilishi;
4.o‘quvchilarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi;
5.tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lishi;
6.metodlar jamoa rivojlanish darajasiga ko‘ra ham
tanlanishi;

7.konkret shart-sharoit, imkoniyatlarning ham hisobga olinishi;
8.bolaning shu konkret sharoitdagi ruhiy holatiga ham
alohida e’tibor berilishi kerak.

SHAXS ONGINI SHAKLLANTIRISH METODLARI
I. Tarbiya jarayonida ushbu guruh metodlarining asosiy o‘rni
Shaxs ma’naviy hayoti va faoliyatida tor doiradagi qarashlar hamda ilmiy ong o‘rtasida doimo kurash ketadi. Faoliyat va munosabat sohasining kengayishi, insonning o‘z ichki dunyosiga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojining ortib borishi, hayotida yangi hodisalar bilan ro‘baro‘ bo‘lishi o‘quvchidan chuqur mushohada yuritishni, muammolarni hamma narsaga intilish orqali hal etishni talab qiladi. Paydo bo‘layotgan savollarga, muammolarga javob izlash shunga olib keladiki, o‘quvchining ong zahirasi, qarashlari, tushuncha va dunyoqarashi, baho berishi, xulosa chiqarish imkoniyati etarli emasligi ma’lum bo‘ladi. Bu o‘rinda shaxs ongiga yangi bilimlar, talablar, me’yor, qoida va qonuniyatlarni kiritishda tarbiyachi yordamga keladi. Anglab etilgan va g‘oyaviy asoslangan bilimlar esa o‘quvchida qat’iy hamda o‘ziga xos qarashlar va ishonch tizimining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
Ushbu guruh metodlarining 2 ta vazifasi mavjud: ulardan birinchisi o‘quvchi ongiga axloq, mehnat jarayoni, estetik bilimlar to‘g‘risidagi nazariyalarni singdirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi - o‘quvchining shaxsiy tajribalarini, uning harakatlari, faoliyati, xulq-atvorini umumlashtirishdan iborat.
Ushbu metodning bosh quroli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning nutqi hisoblanadi va u o‘quvchining faol-hayotiy o‘rnini belgilash, o‘z qarashlarini, fikr-mulohazalari, prinsiplarini asoslash va himoya qilishga o‘rgatadi. Mazkur metodlar guruhi o‘quvchilarni o‘z-o‘zini anglashga va, oxir-oqibatda, o‘z-o‘zini tarbiyalashga olib keladi.
Ongni shakllantirish metodlari murakkab ijtimoiy, axloqiy, mehnat, estetik me’yor va tushunchalarni konkretlashtiradi, faoliyatning emotsional holatini yaratadi, ijobiy axloqiy, ijtimoiy motivlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Har bir yosh davrida bu metodlar yanada ko‘proq, kengroq va chuqurroq ma’no kasb etib boradi.
Masalan, kichik yoshdagi o‘quvchilarni ishonarli dalillar yordamida ishontirish mumkin bo‘lsa, o‘smirlik yoshidan bolalarni misollar bilan emas, balki mantiqiy asoslash orqali, katta yoshdagi o‘quvchilarni axloqiy tushunchalarni atroflicha chuqur asoslash, bir necha ko‘rinishlarni qiyosiy tahlil etish orqali ishontirish zarur bo‘ladi. Katta yoshdagi o‘quvchilarda qat’iy ishonchni yuzaga keltirish uni ko‘proq munozara-bahslarga taklif etish va shu orqali boshqalarda o‘zining fikri qandayligini anglab etish orqali amalga oshiriladi.



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling