1. Mashq metodidan bajarilayotgan harakatlar, odatlar
zarurligi va foydaliligini anglab etgachgina foydalanish
zarur.
2. Bajarilayotgan harakatlarni oldin aniq takrorlashni o‘rganib, undan so‘ng tez bajarishga o‘tish kerak.
3. Foydali usulni egallash harakatni takrorlash soniga, tarbiyalanuvchining tajribasiga bevosita bog‘liq.
4. Mashq natijasining aniqlanishi bola muvaffaqiyatining sezilarli bo‘lishiga va uning hissiy mustahkamlanishiga bog‘liq.
Tarbiyaning boshlang‘ich bosqichida tarbiyalanuvchilarni tashkiliy harakatlarga o‘rgatish, odatlantirish tarbiyachi yoki kattalar yordamida amalga oshirilsa, pirovard natijada ularning o‘z faoliyatini o‘zlari tashkil etishiga olib keladi. Mashq metodi ko‘pgina topshiriqlar orqali amalga oshiriladi.
VI. Tarbiyalovchi holatlarni yaratish
Maktab o‘quvchilarining real hayoti va faoliyatida tarbiyaviy jarayonlarda shakllangan butun bir tizimning qanchalik puxtaligi aniqlanadigan va sinovdan o‘tkazib turiladigan holatlar doimiy yuzaga kelib turadi. Bunday holatni yaratish, undagi mavjud ziddiyatlarni aniqlash, yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni hal etish har bir pedagog uchun juda muhimdir. SHunday maxsus uyushtirilgan pedagogik sharoitlar tarbiyalovchi holatlar deyiladi. O‘e mohiyati bilan bunday holatlar erkin tanlanadi. Ushbu holatda o‘quvchi uchun bir necha variantlardan birini tanlash imkoniyati yaratiladi. Bunda o‘quvchi berilgan imkoniyatlardan foydalanishi yoki indamay turish yoxud to‘g‘risini aytishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan yaratilgan ushbu holatlardan chiqish maqsadida o‘quvchi o‘zining imkoniyatlari, xulqiy odatlarini qayta ko‘rib chiqadi.
Tarbiyalovchi holat tarbiya jarayonining barcha asosiy komponentlarini o‘z ichiga oladi. Bunday mazmundagi faoliyatning vazifasi ma’lum guruh bolalarining o‘ziga xosligi, shakllangan jamoaning mavjudligi bilan xarakterlidir. YAratilayotgan holatning asosiy mohiyati uning tarbiyaviy muhit yaratishida va bu holat ishtirokchilari o‘rtasidagi muomala va ular o‘rtasidagi munosabatlar qay darajadaligiga bog‘liq.
Inson, hozirgi zamon psixologiyasining tasdiqlashicha, muhitning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, uning dunyoga bo‘lgan munosabati muhitning o‘zgarishiga ob’ektiv ta’sir etuvchi faktor sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu holatlarning har biri ma’lum ko‘nikmalarning shakllanishiga ta’siri bilan, shu bilan birga, ko‘rsatilgan holatlar, albatta, o‘quvchilarning bir-birlari bilan muomalasi asosiga va bunday munosabatlarning boshqa o‘quvchilar guruhiga bevosita ta’siri bilan xarakterlanadi. SHu bilan birga, tarbiyalovchi holatning tarbiyaviy metod sifatidagi eng kuchli tomoni ayrim o‘quvchilar faoliyati va xulqini zarur usullar bilan qurollantirishdan, umumiy holatda esa zarur bo‘lgan turlicha munosabatlarning ishtirokchilar o‘rtasida shakllanishiga yordam berishdan iborat.
Aniq tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus o‘yin holatlarini yaratishda ham tarbiyaviy holatlarning ahamiyati kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |