1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


«Shaxsiy ma’no» kasb etmagan har qanday faoliyat ijtimoiy ta’sir ko‘rsata olmaydi


Download 2.43 Mb.
bet74/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

2.«Shaxsiy ma’no» kasb etmagan har qanday faoliyat ijtimoiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
3.Tarbiyaviy ta’sir natijasida o‘quvchilarda faoliyat, maqsad va usullarni tanlashga tayyor bo‘lish sifatlari shakllanadi.
4.Agar pedagogik ko‘rsatmaning kerakli usullari topilmagan va amalga oshirilmagan bo‘lsa, o‘quvchi shaxsining shakllanishiga nisbatan faoliyat neytral jarayon bo‘lib qoladi. Ushbu ko‘rsatmada turlicha metod va usullar o‘z aksini topishi, ularda qo‘zg‘atuvchi va mashq, ijtimoiy xulq tajribalarining shakllanishi ta’minlanishi zarur.


II. Pedagogik talablar

Kuzatuvchi, harakatlantiruvchi vazifani bajaruvchi metodlar ichida pedagogik talablar eng ahamiyatlilaridan biri hisoblanadi. Talablarda tarbiya jarayonining ichki va tashqi dialektikasi aniq o‘z ifodasini topgan. Pedagogik talablar shaxs rivojlanishidan nafaqat ilgarilab ketishi, balki keyinchalik tarbiyalanuvchining o‘z-o‘ziga talablar qo‘yishiga zamin bo‘lib xizmat qilishi kerak.


Pedagogik talablar jamiyat amal qiluvchi axloqiy me’yorlar, ta’lim muassasalarining ichki tartib-qoidalari, o‘quvchilar uchun berilgan qoidalar asosida belgilanadi.
Talablar – o‘quvchilar oldiga u yoki bu jarayonda konkret, real faoliyat sifatida bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalar tarzida ham qo‘yiladi. Talablar - tarbiya jarayonida ichki qarama-qarshiliklarni ochishga, o‘quvchilar xulqi, faoliyati va munosabatlaridagi kamchiliklarni ochib tashlashga va, shuning bilan birga, kelajakda o‘sish va rivojlanishga undaydi.
Talablar - mazkur o‘quv maskanida tartib-intizomning yo‘lga qo‘yilishiga, o‘quvchilar faoliyati va xulqida yig‘inchoqlik holati yuz berishiga sababchi bo‘ladi.
Talablarning qo‘yilishi shakliga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri va «aylanma yo‘l» bilan qo‘yiladigan talablarga bo‘linadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yiladigan talablar o‘zining o‘rniga, ko‘rsatmalilik va qat’iylik xususiyatlariga ega. Bunday talablar buyruq berish, ko‘rsatish, izohlash, qayd etish ko‘rinishlarida bo‘ladi. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, e’tiroz bildirilmaydigan talablarning ahamiyati juda katta hisoblanadi va bunday talablar jamoaning dastlabki bosqichida pedagogning faollik bilan ishlashi jarayonida zarurdir.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling