III. Tarbiya metodlarini guruhlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Tarbiya metodlari - pedagogik tushuncha bo‘lib, respublikamiz milliy tarbiya tizimida yangicha shakl va mazmun kasb etadi. U avtoritar, pedantik pedagogikadagi tarbiya metodlari bilan chiqisha olmaydi. Xalqning qadimdan foydalanib kelinayotgan milliy pedagogikasida ilgari surilgan, ma’lum darajada nazariy jihatdan asoslangan tarbiya metodlari mavjudki, bular minglab yillar davomida oila, mahalla, jamoat joylarida unumli va o‘ta ustalik bilan qo‘llangan va o‘zining yashovchanligi tufayli bugungi kungacha o‘zining ta’sirchanligini yo‘qotmagan. Tarbiya metodlari o‘zining vazifasiga ko‘ra mazkur davlat, tuzum ideologiyasi, g‘oyasi va qarashlariga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham metodlar nazariyasi va amaliyoti o‘z tizimini shaxs yashayotgan jamiyat talablari, ehtiyojlari va buyurtmasidan kelib chiqib belgilashi va amalga oshirishi zarur.
Tarbiya metodlari muammosining murakkabligidan kelib chiqib, ilmiy asoslangan tasnif mavjudki, bu masala turli pedagogik adabiyotlarda turlicha munozaralarga sabab bo‘lmoqda. O‘rganilayotgan mavzu uchun ajratilgan vaqtning chegaralanganligi va oldimizda turgan maqsad yo‘nalishining o‘zgacha ekanligini hisobga olib, ushbu masala yuzasida keng tahlilga berilmadik. Shu jihatdan tarbiya metodlari jamiyat oldida turgan maqsadlardan kelib chiqishini hisobga olgan holda, pedagogik fanlarda mavjud bo‘lgan tarbiya metodlariga oid ilmiy imkoniyatlar, ilmiy - uslubiy manbalardan foydalanish orqali ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilindi.
Tarbiya metodlari tasnifida quyidagi nazariy jihatdan muhim deb hisoblangan asosga tayanish mumkin.
1.Falsafaning, undan so‘ng pedagogikaning har qanday
metodi (jumladan, tarbiya metodlari ham) haqiqatni bilish
va uni o‘zgartirish yo‘li sifatida talqin etildi.
2.O‘quvchini tarbiyalash jarayoni alohida murakkab
faoliyat bo‘lib, uning markazida bola xulqi, dunyoga va
odamlarga munosabati, murakkab ichki dunyosi, yosh va o‘ziga
xos xususiyatlari bilan, maxsus va stixiyali tarzda egallagan bilim va tajribalari bilan ajralib turuvchi shaxs yotadi.
3.Tarbiya metodlari yuqoridagilar bilan birga tarbiya
jarayonining murakkab komponenti hisoblanib, u tarbiya
maqsadi, mazmuni, shuningdek, tarbiyachi oldiga qo‘yiladigan
vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan. Tarbiya metodlari
o‘z o‘rnida tarbiyalanuvchi shaxsining shakllanishida uning
barcha o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishi kerak: tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasi, kelajakdagi rivojlanishi va keyingi turmush tarzidagi o‘rni hisobga olinishi zarur.
4.Tarbiya jarayoni shaxs shakllanishi kabi turli qarama-qarshiliklardan iborat bo‘lib, tarbiya metodlari shaxs faoliyatidagi o‘zgarishlarni korrektirovka qiladi, noqulay sharoit va stixiyali ta’sir tufayli yuzaga kelgan salbiy qarashlar, usullarni, sifatlarni tuzatish bilan ham shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |