IV. Pedagogik jamoa va uning tarbiyaviy vazifalari
Pedagoglar jamoasi maktab jamoasining ajralmas qismi sifatida o‘zining ma’lum belgilariga ega. Bu esa uni mustaqil ta’limga nisbatan alohida qarab chiqish imkonini beradi. Tarkib jihatidan, u doimiy, yagona ko‘rsatmalar asosida faoliyatning kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha harakat qiladi. Mas’ul bog‘liqlik munosabatlari tizimi xizmat maqomiga ega bo‘lgan, muayyan kasbni tanlagan katta yoshdagi kishilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yiladi.
Pedagogik jamoaning asosiy vazifasi jamiyat tomonidan tarbiya institutlari hisoblangan umumiy, maxsus o‘rta va oliy ta’lim muassasalariga qo‘yilgan talablar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar pedagogik jamoada umumiy va maxsus o‘rta ta’lim muassasalariga jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan talablar va o‘quvchilar jamoalari tarbiyasining va xususiyatlarining doimiy rivojlanishi, shuningdek, o‘quvchilarning yangi avlodi yuzaga kelishi bilan murakkablashib boraveradi.
Hozirgi kunda pedagogik jamoa oldida turgan eng muhim tarbiyaviy vazifa - shaxsning eng muhim axloqiy belgisi hisoblangan - jamoa bilan bo‘lish, o‘zaro hamkorlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni rivojlantirishdan iborat.
Jamoada shaxsning axloqiy jihatdan rivojlanishi o‘quvchilar jamoasidagi tarbiyaning eng muhim vazifasi va natijasidir. Natijaning samaradorligi o‘quvchilar xulqiniig ijtimoiy qimmatli yo‘nalishlarining va jamoada ularning o‘zaro munosabat usullarining shakllanishiga bog‘liq.
Pedagogik jamoa o‘quvchilar jamoasiga, o‘quv yurti qoidalarida, an’analarida, o‘z ifodasini topgan yagona ko‘rsatmalarni ishlab chiqishga, yagona talablar tizimini yaratishga, ushbu jamoadagi munosabatlarning butun ruhiyatiga, mohiyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bola hozir tashqaridan juda ko‘plab axborotlarni olayapti, lekin buni umumlashtirish, olingan ma’lumotlarni baholashda ko‘pchilikning bahosi, pedagogik jamoaning roli katta. SHuningdek, pedagogik jamoa o‘quvchilar jamoasiga maqsadga muvofiq, mazmunli, ishchan munosabatlarni o‘rnatish va yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |