V. Bolalar jamoasining vazifalari va qonunlari
O‘quvchilar jamoasi tarbiyaviy vazifalarni tashuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatgandagina shaxsga bevosita tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. SHu nuqtai nazardan tadqiqotchilar uchta vazifani ilgari so‘radilar:
1.Tashkiliy vazifa - o‘quvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali faoliyatni o‘zi boshqaradi.
2.G‘oyaviy-tarbiyaviy vazifa - o‘quvchilar jamoasi g‘oyaviy-axloqiy e’tiqodlarning tashuvchisi va targ‘ibotchisi bo‘lib qoladi.
3.Rag‘batlantiruvchi vazifa - o‘quvchilar jamoasi barcha ijtimoiy foydali ishlarning axloqiy jihatdan qimmatli bo‘lgan stimullarini shakllantirishga yordam beradi, a’zolarining xulqini, ularning o‘zaro munosabatlarini yo‘lga solib boradi.
O‘quvchilar jamoasining me’yor asosida faoliyat ko‘rsatishi munosabatlarda ijobiy ruh va kayfiyat o‘rnatilgandagina to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.
Bolalar jamoasining ajralib turadigan o‘ziga xos tomonlari:
1.Major holat - doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyor turishi.
2.O‘zining jamoasidan faxrlanish hissi.
3.Jamoa a’eolarining do‘stona ahilligi.
4.Himoyalanganligini his etish.
5.Jamoadagi turli ishchan va o‘yin faoliyatlarida faollik va doimo tayyor turish.
6.Faoliyatda, so‘z, his-tuyg‘uning paydo bo‘lishida o‘zini turg‘un holatda tutish odati.
Jamoaning munosabatlari ruhiyati va o‘ziga xosligi bolalar jamoasi uchun ham, pedagoglar jamoasi uchun ham amal qiladigan qonun va qoidalar bilan belgilanadi.
VI. Bolalar jamoasining rnvojlanish jarayoni
Jamoaning rivojlanish jarayoni pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning muhim ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bu o‘rinda jamoaning rivojlanish bosqichlari masalasida turlicha qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay, biz ushbu qarashlarni tahlil qilishdan chekingan holda, faqat jamoa rivojlanishining ma’lum bosqichlarini qarab chiqish bilan chegaralanamiz.
Bolalar jamoasini rivojlanish bosqichlariga bo‘lish bo‘yicha bir nechta yondashuvlar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar A.S.Makarenko izidan borib, bu bosqichlarni ularga qo‘yiladigan talablar xarakteriga ko‘ra qarab chiqishni ma’qul ko‘radilar. SHunga ko‘ra jamoa rivojlanishi uch bosqichga ajratiladi.
Birinchi bosqichda uni tashkil etishning boshlanishi bolalarning kelajak hayoti uchun qimmatli bo‘lgan maqsadlarni ilgari surishdan iborat.
Bunda bolalar faqat kelajakda nima qilishigina emas, balki ular kelajakda qanday yashashlari ham ifodalanishi kerak. Albatta, bu maqsadni amalga oshirish uchun bola jamoaga birlashishi, o‘zining o‘sish jarayonini tushunib etishi ham kerak. Maqsadning ana shunday ilgari surilishi jamoani yaratish uchun yo‘naltirilgan pedagogik talab va istiqbolli dasturlar ko‘rinishida bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘rinda yaqin va kelajak rejalarni bolalarning o‘zlari belgilashi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jamoaning bu bosqichida faol tanlash va tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maqsadni qo‘yish oson ish emas. Buning uchun o‘kuvchilarning intilishi, qiziqishini aniqlash, axloqiy-ma’naviy tasavvurlarini, mavjud tajribalarini o‘rganish zarur. Bunday ma’lumot shaxsiy maqsadni va jamoa faoliyati kelajagini aniqlash uchun zarur. Birinchi bosqichda tarbiyachining vazifasi tashkilotchilik xarakterida bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda jamoa rivojlanib boradi. Bolalar murakkabroq darajadagi ishlarning echimida qat’iy harakatlar qiladilar. Bu bosqichda jamoa to‘la o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. Bu jamoa a’zolariga mustaqil harakat qilish va fikrlash, o‘z hayotining xo‘jayini bo‘lish kabi fazilatlar to‘g‘ri keladi. Endi jamoaning har bir a’zosi faoliyatning barcha sohalarida tashkilotchi sifatida qatnashadi. Ikkinchi bosqichning prinsipial o‘ziga xos tomoni o‘quvchilar faoliyatining murakkablashib borishidir. Bu bosqichda ijodiy hamkorlik munosabatlari paydo bo‘ladi.
Uchinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shaxsning axloqiy-ma’naviy shakllanishi tezkorlik bilan yuz berishidir. Bu bosqich zamirida yuksak axloqiy sifatlarning yuzaga kelishi, insonparvarlikning shakllanishi yotadi.
Har bir shaxsda o‘z-o‘zini tarbiyalashga xohish yuzaga kelganligi alohida e’tiborga loyiq. Tanqid, o‘z-o‘zini tanqid, shaxs va jamoaning o‘zaro ta’siri yuzaga kelishi, shaxs nafaqat tarbiya ob’ekti, balki tarbiya sub’ektiga ham aylanishi bilan xarakterlanadi.
Lekin jamoa tarbiyasining bu bosqichidan keyin ham uning rivojlanishda davom etishi ko‘zga tashlanadi. CHunki jamoa ehtiyojining kundan-kun ortib borishi yangi-yangi talablarni keltirib chiqaradi, bu esa uning doimiy o‘sishi bilan xarakterlanadi. Qachonki, talablar qo‘yilishi to‘xta-sa, u holda jamoa ham rivojlanishdan to‘xtaydi. Bu o‘rinda, jamoa oldida kelajak rejalarning belgilanishi va parallel pedagogik ta’sir tizimining yuzaga kelishi muhimdir. SHuningdek, jamoa rivojlanishida faoliyat, muomala va o‘zaro munosabatlar ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |