1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
I. Jamoa va shaxs rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligi
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
I. Jamoa va shaxs rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligi
Inson o‘zini o‘rab turgan dunyo bilan o‘zaro munosabatlar tizimida yashaydi va rivojlanadi. Bu tizim esa ko‘p qirrali bo‘lib, odamlarning tabiatga, moddiy va ma’naviy boyliklarga, bir-biriga bo‘lgan munosabatlarida o‘z aksini topadi. Odamlarning mazkur munosabatlarida ularning aloqa boyligi ochib beriladi. Har bir inson boshqalar bilan hamkorlikda o‘zini o‘rab turgan dunyoni o‘zgartira borib, insoniyat to‘plagan boyliklar, tajribalar asosida harakat qiladi. Ijtimoiy boyliklarni qabul qila borib, inson o‘zining o‘ziga xos tajribasini takomillashtira boradi. SHunday qilib, shaxs va jamiyatning mustahkam aloqalari yuzaga keladi. SHaxsning rivojlanishi boshqa barcha individlarning rivojlanishi bilan bevosita yoki bavosita bog‘liqlikda amalga oshadi. Odamlarning faol o‘zgartirish kuchiga ega bo‘lgan faoliyati (albatta, bu faoliyat umum, ko‘pchilik manfaatiga va shaxsiy manfaatga mos holda) jamoaning ma’naviy asosi, uning rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bizning jamiyatimizda ijtimoiy munosabatlarni takomillashtira brrib, aholini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, mehnat faoliyatlarida ishtirok etish shakllarini yangilab, o‘zgartira borib, ular turmushining barcha sohalarida demokratizmning rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Ijtimoiy turmushning qonunlari mana shulardan iborat. Jamiyatda juda ko‘plab jamoa shakllari: ijtimoiy, siyosiy, ishlab chiqarish, ma’naviy, shuningdek, aksiyadorlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar mavjud. Lekin jamoalarning manfaatlarida bir-biriga yaqinlashtiruvchi, bir-biriga bog‘lovchi tomonlar borki, ularni izlab topish, jamoalarni bir-birlariga yaqinlashtirish va xalq manfaatlariga yo‘naltirish asosiy maqsad bo‘lib qolishi kerak. Ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifa yosh avlodning kelajakda ana shunday jamoalarga kirishi, undan mustahkam o‘rin egallashi va keyinchalik turli jamoalar (avvalo o‘zining jamoasida) o‘rtasidagi munosabatlarda faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘lib qolmog‘i lozim. Shunday qilib, jamoa deb ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan bir xil qarashlarga ega bo‘lgan, qo‘yilgan maqsadlarning umumiyligini ta’minlovchi, ijtimoiy ahamiyatga molik yo‘nalishlar va munosabatlarni birlikda amalga oshiruvchi ma’lum kishilar guruhiga aytiladi. Hozir jamoa tushunchasi va jamoalarni shakllantirish hamda tarbiyalash masalasiga yangicha, davlatimiz siyosatining, g‘oyaviy, ma’naviy, axloqiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlari nuqtai nazaridan yondashish talab qilinmoqda. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling