1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Download 2.43 Mb.
bet134/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Nutq shakliga ko‘ra nazorat metodlari
Tanlangan nutq shakliga ko‘ra nazorat ikki turli bo‘ladi: og‘zaki nazoratda qo‘yilgan savol, topshiriq, mustaqil ishga og‘zaki javob izlanadi. SHuningdek, o‘rganilgan o‘quv materiali mazmunini og‘zaki bayon etish, so‘zlab berish ham og‘zaki nazoratdir. Og‘zaki nazorat o‘quvchilar miqdoriga ko‘ra individual, tabaqalashgan, yalpi bo‘lishi mumkin; yozma nazoratda savol, topshiriq, mustaqil ishlarga yozma javob qaytariladi. Diktant, bayon, insho, masala va misollarni bajarish, bosma asosli dasturlashtirilgan materiallar, testlar bilan ishlash yozma nazorat metodlaridir. Og‘zaki imtihon, sinov turlari ham mavjud.
Ko‘rinadiki, o‘zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari nihoyatda rang-barangdir. Hozirgi paytda testlar, dasturlashtirilgan materiallar vositasida nazorat qilish respublikamiz o‘qituvchilar tajribasida keng o‘rin olmoqda.
Test nima? Test berilgan alternativ javoblardan to‘g‘risini tanlashga oid nazorat topshirig‘idir. O‘quv fani bo‘yicha tuziladigan nazorat testlari, boshqa o‘quv topshiriqlariga o‘xshab, to‘rt xil elementlardan tarkib topadi; mazmun, maqsad, funksiya, metod. Boshqacha aytganda, test ma’lum o‘quv materiali asosida tuziladi, bilimlarni nazorat qilish maqsadiga qaratiladi, faoliyatda bilimlarni tekshirish vazifasini bajaradi, berilgan javoblardan to‘g‘risini yoki eng to‘g‘risini ajratish metodi bilan bajariladi.
NAZORAT SAVOLARI
1. Ta’limning ilmiy bilish koidasi deganda nimani tushunasiz?
2. Ta’lim tizimi va izchil bщlish koidasi nima?
4. Ta’limda onglilik nima?
5. Grafik - ko‘rsatmali kurollarga nimalar kiradi?
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar

  1. Ta’lim va tarbiyaning birligi koidasi nimadan iborat? Bu haqida allomalarning fikrlari qanday bo‘lgan

Ta’limni tashhis etish
1. O‘quvchilar bilimini tashhis etishning maqsad va vazifalari.
Zamonaviy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning aqliy salohiyatini o‘rganish va ularni bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nazorat qilish, tahlil etish, qayta aloqa tufayli ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash va u orqali keyingi ta’lim jarayonlarini loyihalash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu jarayonlar esa o‘z navbatida ta’lim sifatini yangilashga imkon yaratadi. Ta’lim sifati - bu “ta’lim oluvchi-ta’lim beruvchi” darajasida muntazam ravishdagi o‘lchamlar asosida ta’lim beruvchi va oluvchining o‘zaro munosabatini, ta’lim oluvchilar faoliyati ta’lim natijalarining ta’lim-tarbiyasiga mosligini belgilovchi ko‘rsatkichdir. SHunga ko‘ra ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi va oluvchilar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar tizimini yaratish va shu asosida o‘quvchi bilish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mavjud aniq ma’lumotlar tizimi yoki ta’lim sifati monitoringi - bu ta’lim jarayoni va uning rivojlanishini uzluksiz ravishda nazorat qilish, baholash va tashhisli-loyihali kuzatib borishga imkon beruvchi ilmiy asoslangan metoddir.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling