Axloq - ijtimoiy ong, ta’sir ko‘rsatish va tarbiyalash shakli sifatida.
Tarbiya jarayoni qandaydir elementlarning oddiy qo‘shilmasi emas, chunki bu orqali shaxs yaxlit shakllanadi. Lekin bu o‘rinda axloqiy tarbiya asosiy va etakchi hisoblanadi. U butun tarbiya tizimidagi eng ahamiyatli shuning bilan birga, murakkab komponent hisoblanib, inson tamoyilini, uning asosiy insoniy fazilatlarini yig‘indisini ifodalaydi.
Axloq-ijtimoiy ongning muhim tomonlaridan biri hisoblanib, ijtimoiy turmushning barcha sohalarida insonning yurish-turishini, hulqini boshqarib turadi.
Axloqiy-hulqiy talablarni asoslash va amalga oshirish yo‘l va usullarda ifodalangan. Bu talablar xalqimiz tomonidan bir tartibga solinmagan bo‘lsada, odat va an’analar kishilarning o‘zaro muamalasi, munosabatlarida faoliyatni tartibga soluvchi, ularni nazorat qiluvchi talablar bo‘lib kelgan.
Xalqimizning minglab yillar davomida oilada, jamoat joylarida, turmushda rioya qilib kelingan va uning oltin fondini tashkil etgan juda ko‘plab elementar odob me’yorlari, yurish-turish odoblari mavjudki, ular jamoatchilik orasida yashovchanligi, o‘zining o‘ta ta’sirchan kuchi tufayli hozirgacha axloq tarbiyasi mazmunining negizini tashkil etib kelmoqda. Inson faoliyatida, munosabati va muomalasida uning tabiati, jamiyatga, kishilarga, voqea va hodisalarga qarashlari, ahloqiy sifatlari yuzaga keladi.
Muomala har qanday faoliyatga kirib boradi, bu axloqiy komponent faqat shaxsga taalluqli bo‘lgani uchun hamma joyda: o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda hamkorlik qiladi.
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishning maqsad vazifalari hamda mazmuni.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi - barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy faoliyatlarini tashkil etish va yo‘lga qo‘yish orqali ularni yuksak ma’naviyatli, axloqan pok, insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan yoshlarni yangi avlodini tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya - yosh avlodni xalqning boy milliy-madaniy tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umubashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladigan tarbiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |