1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


V. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari


Download 2.43 Mb.
bet41/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

V. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari

Ta’lim mazmunining keyingi bosqichda oydinlashtirilishi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari orqali amalga oshiriladi va u o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ushbu masalaga alohida to‘xtalib, shunday degan edi: «Xalqimizga ayonki, ta’lim darslikdan boshlanadi. Achchiq bo‘lsa ham tan olishga majburmiz: deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas. Biz darslik yaratishga eng ilg‘or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko‘tarishimiz kerak. Darslikni, agar kerak bo‘lsa, katta tanlov asosida yaratishimiz lozim» (Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» T.1998 y. 8-bet).
Darslik tuzish har bir mutaxassisdan yuqori mas’uliyat, bilimdonlik, tajriba va bilim talab etadi va uni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

  • har bir darslik yuksak g‘oyaviylik va ilmiylik asosida
    tuzilishi zarur. Dastur mazmuniga mos kelishi kerak;

  • qulay va ixcham bo‘lishi;

  • fikrlar aniq va ravshan, bilimlar jonli bo‘lishi;

  • uslubiy tomonlar kuchaytirilishi;

  • amaliy yo‘naltirilishi;

  • predmetlararo o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutilishi zarur.

Darslikda ta’lim mazmunining muhim komponentlari o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim: tabiat, jamiyat, texnika, insoniyat, faoliyat usullari, tushuncha va iboralar to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, nazariya va qonuniyatlar, metodologik va qimmatli fikrlar bo‘lishi kerak. Darslik materiallari o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, ma’naviyat, axloqiy-hulqiy tushuncha va odatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Unda materiallarning izchil, sistemali bayon etilishiga, bilish metodlari bilan uzviy bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak. Darslikda o‘quvchi ijodiy qobiliyatini, bilish imkoniyatlarini oshirish, mustaqil bilishni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar beriladi.
Darslikda darsda EHMlardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rsatiladi.
Ta’lim mazmuni yana o‘quv qo‘llanmalarda ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, undagi materiallar darslik imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi, qo‘shimcha ma’lumot xarakteridagi materiallarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv qo‘llanmalari sifatida ta’lim muassasalarida mashq va masalalar to‘plami, xrestomatiyalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, tarix va geografiya kartalari, ensiklopediyalar, programmalashtirilgan elektron hisoblash vositalari, sinfdan tashqari o‘qish uchun kitoblar, slayd, videofilm, magnitafon yozuvlari, o‘quvchilar uchun u yoki bu darslikka mos holda yozilgan uslubiy qo‘llanma va boshqalar kiradi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling