1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini, ijtimoiy mehnat faolligi, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish


Download 2.43 Mb.
bet93/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

2.Aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini, ijtimoiy mehnat faolligi, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish,
3.Zarur va maqbul kasbiy faoliyatni bajarishga tayyorlash.
4.Ishyoqmas, dangasa, birovlar hisobiga yashaydiganlarga qarshi murosasiz bo‘lishga o‘rgatish.
Respublikamiz ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasining vazifalari - insonni yaratuvchi, ijodkor, jamiyat istiqboli, kelajagi uchun faoliyat ko‘rsatuvchilar qilib tarbiyalashdan iborat.
Asosiy fanlarni o‘qitish jarayonida imkon qadar mehnat tarbiyasining asosiy vazifalari hal etib borilishi kerak. Barcha darslarda mehnat tarbiyasini amalga oshirishning uchta eng muhim yo‘nalishi nazarda tutilishi zarur.
Tushunchaviy-mantiqiy yo‘nalish - mehnatning roli, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirish.
Hissiy obrazli yo‘nalish - mehnat qahramonlarining
axloqiy intilishlari, motivlari va boshqalarni ochib berish.
Ta’sirli-amaliy yo‘nalish - umummehnat ko‘nikmalari (bo‘lajak faoliyatni rejalashtirish, ish joyi va mehnat ob’ektini tashkil etish va o‘z-o‘zini nazorat), malakalarini, kasb tanlash motivlarini shakllantirishdan iborat.
Umumta’lim fanlari o‘quvchilarga hozirgi zamon ishlab chiqarishi, uning texnologik jarayonlari, uni jadallashtirishdagi etakchi zveno, mehnat faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar to‘g‘risida bilimlar tizimini muntazam egallash imkonini beradi.
Mehnat tarbiyasi bo‘yicha ishlar asosiy fanlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda intizomlilik, jamoa bilan ishlash va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik sifatlarni tarbiyalashga e’tibor beriladi. O‘smir yoshidagi bolalarda o‘z mehnati bilan doimiy foyda keltirish, mehnatda ehtiyojni belgilab beruvchi narsa va vositalarga ongli munosabat, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni ko‘z qorachig‘iday saqlay olish motivlari shakllantiriladi. Katta maktab yoshidagi bolalarda xalq xo‘jaligidagi mehnatga axloqiy-psixologik, amaliy tayyorgarlikni belgilab beruvchi shaxs sifatlarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Eng muhimi, mehnat tarbiyasi barcha darslarda sistemali va izchil amalga oshirilishi zarur.



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling