1-Maruza. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari va uning o’rganiladigan muammolari. Reja
Download 26.92 Kb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’lar
- MEHNAT MUHOFAZASI” FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI
1-Maruza . “MEHNAT MUHOFAZASI” FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI. FANNING ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLARI VA UNING O’RGANILADIGAN MUAMMOLARI. Reja: “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni va mohiyati “Mehnat muhofazasi ” fani o‘rganadigan muammolar “Mehnat muhofazasi” fanining maqsadi va vazifalari Fanning asosiy tushunchalari, ta’riflari va prinsiplari Kalit so’lar: Mehnat muhofazasi, faoliyat, zararli va xavfli omillar, sanitariya -gigiyena, xavfsizlik texnikasi, xavfsiz masofa, xavli zona, ishlab chiqarish, baxtsiz hodisa, shaxsiy himoya vositalari, jamoaviy himoya vositalar, kasb kasalliklari, xavfsizlik belgilari va ranglari. “MEHNAT MUHOFAZASI” FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI Insoniyat jamiyati mavjudligining, yashashining va taraqqiy etishining asosiy shartlaridan biri unda turli shakllarga ega bo‘lgan faoliyatning olib borilishidir. Faoliyatni olib boruvchi subyekt esa faqat - ong va tafakkurga ega bo‘lgan insondir. Jamiyat uchun eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat shakli mavjud. Bu faoliyatning oliy shakli hisoblangan - mehnatdir. Chunki,, faqat mehnat tufayligina insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. Mehnatning shakllari xilma-xildir. Ular turmushda, jamiyat hayotida, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va hayotning boshqa sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Inson o‘z mehnatining sifati va unumdorligini oshirish maqsadida mehnat qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to‘xtovsiz ravishda o‘zgartirib va mukammallashtirib boradi. Buning natijasida u mehnat jarayonida doimiy ravishda yuzaga chiqadigan turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qoladi. Turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qolish hozirda, insoniyat XXI asrga qadam qo‘yganda, dolzarb muammoga aylandi. Iqtisodiyot obyektlarining turli sohalarida murakkab texnik qurilmalar va mashinalaming qoTlanilishi natijasida ishlovchilarda nerv-psixologik, statik yuklanishlar, nevroz holatlari, kasb kasalliklari ko‘paydi, avariya va falokatlar sodir boiishi ortdi. Bular o‘z navbatida ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalasining ahamiyatini oshiradi. Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlashni samarali yechish muammosi jamiyat tomonidan qonuniy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimini ishlab chiqishni va amalga joriy qilishni talab etadi. Jamiyatdagi bu faoliyat va jarayon mahsuli sifatida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sohasi hosil bo‘ladi va shakllanadi. Bu bilim sohasidan esa jamiyat hayotida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan “Mehnat muhofazasi” fani dunyoga keladi. “Mehnat muhofazasi” ijtimoiy-texnik fan bo‘lib u ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillami aniqlaydi va o‘rganadi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalaming va ishchilar kasb kasallanishlarining oldini olish yoki kamaytirish tadbirlarini, hamda avariya va portlash sodir bo‘lishini bartaraf etish uslublarini o‘rganadi va ishlab chiqadi. GOST 12.0.002-80 (2003) bo‘yicha “Mehnat muhofazasi” deganda mehnat jarayonida ishlovchilar sogiig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, hamda xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonuniy hujjatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimi tushuniladi . Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Mehnat muhofazasi” fani bir qancha bilim sohalari chegarasida vujudga keladi. Mehnat muhofazasi fanning asosiy o‘rganish obyektlari bo Tib mehnat jarayonidagi inson va uning holati, ishlab chiqarish muhiti, inson bilan ishlab chiqarish uskunalari va texnologik jarayonlarning o‘zaro bogTanishlari va ta’sirlari, mehnat va ishlab chiqarishni tashkillashtirish, hamda boshqa barcha mehnat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir qiluvchi omillar va jarayonlar xizmat qiladi. “ Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling