1-Maruza. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari va uning o’rganiladigan muammolari. Reja
MEHNATNI MUHOFAZASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 26,92 Kb.
|
1 ma\'ruza
MEHNATNI MUHOFAZASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
Ilm va fanning, texnika vatexnologiyaning hozirgi taraqqiyoti darajasida ishlab chiqarishda to‘la zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini amalda yaratishning imkoniyati mavjud emas. Shu sababli mehnatni muhofaza qilishning vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlami ishlab chiqishdan, ishchilar shikastlanishining oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligi va sifatiga erishishga yordam beradigan qulay ish sharoitlami yaratishdan iboratdir. Barcha ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan suv va qishloq xo‘jaligi sohasi korxonalarida ham, to‘la-to‘kis sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni bartaraf qilish, ya’ni zamonaviy texnika va texnologiyalami ishlab chiqarishda qodlash, kasb kasalliklarini butunlay yo‘qotish chora-tadbirlarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Mehnat muhofazasi fanining maqsadi ishlab chiqarishda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish uchun mutaxassislami nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash, texnologik jarayonlarda, mashina va mexanizmlarda avariyalar sodir boMganda ishchi va xizmatchilami to‘g‘ri harakat qilish va himoyalanishga o‘rgatishdir. Mehnat muhofazasi fani o‘z maqsadiga erishish uchun quyidagi asosiy masalalami yechishni talabalarga o‘rgatish vazifalarini belgilagan:
Mehnat muhofazasi faniga o‘qitish talabalaming umumta’lim va maxsus fanlardan olgan bilimi, malakasi, saviyasi, ko‘nikmasi va tajribasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling