1-ma’ruza metall konstruktsiyalarni loyihalash asoslari. Metall konstruktsiyalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Metall konstruktsiyalarini rivojlanish tarixi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1 - Ma\'ruza. QK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo va sharq me’morchiligida metall konstruktsiyalarining ishlatilishi.
1 1-MA’RUZA Metall konstruktsiyalarni loyihalash asoslari. Metall konstruktsiyalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Metall konstruktsiyalarini rivojlanish tarixi. Reja: 1. Dunyo va sharq me’morchiligida metall konstruktsiyalarining ishlatilishi. 2. Metall konstruktsiyalarining qisqacha rivojlanish tarixi. 3. Metall konstruktsiyalari ishlatiladigan sohalar. Tayanch so’z va iboralar:davrlar, asrlar, tajamkorlik, ko’priklar, estakadalar, po’latning elastiklik moduli, metall qurilmalar yuk ko’tarish qobiliyati, oquvchanlik, forfor, oltingugurt, atom tuzilishi, mustaxkamligi bo’yicha po’latlar. Dunyo va sharq me’morchiligida metall konstruktsiyalarining ishlatilishi. Qurilish ashyosi sifatida metalldan foydalanish ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, temir va boshqa ma’danlar haqidagi fan va metallurgiya sanoatining paydo bo’lishiga bog’liq holda o’ziga xos tarixga egadir. Tabiatda metall sof holda uchramaydi va insoniyatning buyuk ixtirolaridan biri temir rudasidan metall ajratib olishni o’zlashtirganidir. Eramizdan avvalgi davrlardan boshlab quyma bronza va mis Kichik Osiyo, Misr, Eron va bizning o’lkamizdagi qadimiy davlatlarning saroylarida, ibodatxonalarida ishlatilgani haqida ma’lumotlar bor. Hindistonning hunarmand ustalari eramizdan avvalgi IV asrdayoq temir ishlab chiqarish usullarini egallashgan va o’sha davr uchun yetarlicha yirik va og’ir sanalgan konstruktsiyalar, detallar tayyorlashni o’zlashtirganlar. Konstruktsiyalar zanglashga yetarlicha chidamli bo’lgan, ya’ni metallni tozalash usullarini yaxshi bilishgan. Musulmon ustalarning hunarmandligini ko’rsatuvchi dalil sifatida XIII asrda Dehli shahrining eski qismida joylashgan Qutbiddin masjidi xovlisida o’rnatilgan temir ustunni ko’rsatish mumkin. Ustun o’rta asrlarda eng baland hisoblangan Qutbiminor minorasining yoniga o’rnatilgan. Xitoy va Yaponiyada X-XIII asrlarda budda dinining yoyilishi natijasida ko’p qavatli ibodatxonalar qurilishida temir va bronza ishlatilgan. X asrda Janubiy Xitoyning Tyanshanь shahrida 13 qavatli ibodatxona temirdan qurilgan. XIII asrda Yaponiyaning Kamakura shahrida hozirgi kungacha saqlanib qolgan quyma bronzadan tayyorlangan 15 metrlik budda haykali o’sha davrda metall quyishning rivoj topganidan dalolat beradi. 2 O’rta asrlarda Xitoy, Hindiston va Yevropada harbiy qal’alar qurishda va ko’priksozlikda eng sodda ko’rinishdagi osma konstruktsiya sifatida temir zanjirlar ishlatilgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling