1-ma’ruza metall konstruktsiyalarni loyihalash asoslari. Metall konstruktsiyalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Metall konstruktsiyalarini rivojlanish tarixi


Metall konstruktsiyalarining qisqacha rivojlanish tarixi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1443943
1   2   3
Bog'liq
1 - Ma\'ruza. QK

Metall konstruktsiyalarining qisqacha rivojlanish tarixi. Metall 
konstruktsiyalarni rivojlanishini tayyorlash texnologiyasiga va uni qaysi joyda 
ishlatilishiga ko’ra besh davrga bo’lishimiz mumkin. 
1-davr 12-17 asrlarni o’z ichiga oladi. Bu vaqtlarda metall qurilmalarni noyob 
inshootlarni 
qurilishida 
(saroy, 
cherkov), 
masalan 
g’isht 
devorlarni 
mustahkamlashda 
va 
tom 
konstruktsiyasini 
tortib 
qo’yishdaishlatishgan. 
Tortqichlarni temirga ishlov berib konstruktsiyasini moslashtirib kesimini kvadrat 
shakli qilib tayyorlashgan. 1158 yilda Vladimir shahrida qurilgan Uspenskiy sobori, 
1560 yili Moskvada qurilgan Pokrov sobori bunga misol bo’la oladi 
2-davr 17 asr boshlaridan 18 asrni oxirigacha qamrab oladi. Bu davr metall 
qiya to’sinlarni va cherkovlarning fazoviy bosh gumbazlar konstruktsiyalarini 
yaratilishi bilan bog’langan. Ko’taruvchi elementlarni maxsus shaklga keltirib bir-
biriga bog’lanadigan qilib, asosiy qismini kesimini kvadrat yoki to’g’ri 
to’trburchak shaklli qilib tayyorlashgan.
Misol sifatida 1640 yilda katta Kremlь saroyi tomining yopilishi, 1603 yil 
qurilgan Ulug’ Ivan qo’ng’iroqxonasi va 1805y. Sankt-Peterburgdagi oralig’i 15m 
bo’lgan Qozon soborini gumbazlarini sinchlarini keltirishimiz mumkin. 
3-davr 18 asrdan 19 asrning yarmigacha davom etib kelgan. Bu davr cho’yan 
elementlarini qo’yish va ulardan qurilmalar yaratish bilan tanilgan. 
Cho’yan elementlarining bir-biriga biriktirilishi, qulf va boltli birikma orqali 
bajarilgan. 
Birinchilar qatorida bu qurilmalardan foydalanib 1725 yilda Uraldagi 
Nevьyan minorasining tomini yopishgan. 1784 yil Sankt-Peterburgdagi cho’yan 
ko’prigi qurilgan, sakkiz oraliqli 33-47m gacha, dunyoda eng katta cho’yan 
ko’prigidir. 19 asrning 40 yillarida qurilgan unikal binoning Isaakiy sobor gumbazi 
yaratilishida maxsus cho’yan elementlaridan foydalanishgan. 1827-32y. Sankt-
Peterburgdagi Aleksandr teatrining tomini yopishda tayanch oralig’i 30metr 
bo’lgan cho’yan ravoqlardan foydalanishgan. Bu davrning oxirlarida fermalardan 
foydalanish boshlangan. Fermalarning siqilishga ishlayotgan elementlarini 
cho’yandan, cho’zilishga ishlayotgan elementlarni temirdan tayyorlashgan.
4-davr 19 asr 30 yillaridan 20 asrning 20 yillarigacha davom etgan. Bu yillar 
texnikaning hamma sohalarni tez rivojlanishini shu jumladan metallshunoslik va 
metallni qayta ishlash sohasida ham katta rivojlanishni o’z ichiga oladi.
1856 yili Bessemer, 1864 yili Marten va 1878 yilda Tomas po’lat quyish 
usullari ishlab chiqilishi va o’zlashtirilishi natijasida cho’yan konstruktsiyalar 
o’rniga po’lat konstruktsiyalarini ishlata boshlandi,chunki po’lat materiali 
sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo’lganligi tufayli 40 yillarda po’latli 



prokatli sortamenti va varaqsimon prokatning texnologiyalari o’zlashtirilishi 
natijasida qurilish konstruktsiyalar rivojlanishiga va ularni noyob binolarda 
ishlatilishiga katta imkoniyatlaryaratdi.
19 asr oxiriga kelib panjarasimon sinchlar, o’rniga rama-ravoqli sinchlar 
ishlata boshlandi. Eni kengroq bo’lgan binolarni qurildi. Bularga misol qilib, 
Peterburgda (1884 yilda qurilgan Senniy bozorni va 1890 yili qurilgan Gatchino 
vokzali), Moskvada 1913-14 yillarda qurilgan binolarni keltirish mumkin. 
19 asrning ikkinchi yarmida temir yo’llarning qurilishi keng tarqalgan edi. 
Temir yo’l ko’priklari qurilishi bilan ko’priklarning qulay konstruktiv shakllari 
ham rivoj topdi. Ko’priklarning joylashtirilishi va hisoblash nazariyasi 
mukammallashdi. Metall qurilmalarni loyihalashga, hisoblashga va qurilish 
uslublarini rivojlanishiga rus olimlaridan S.V.Kerbedz, N.A.Belelyubskiy, 
L.D.Proskuryakovlar hissa qo’shishgan. 
Rasm 1.1. Qiya to’sinlar va cherkovlarning fazoviy bosh gumbazlari. 
S.V.Kerbedz (1810-1899y.y.) Rossiyada birinchi bo’lib panjarali fermalarni 
qo’llash bilan temir yo’l ko’priklarini qurdirgan, Peterburgdagi cho’yan ko’prikni 
ham Kerbedz loyihalashtirgan va qurilishida ishtirok etgan.
N.A.Belelyubskiy (1848-1922y.y.) ko’prik qurish bo’yicha mutaxassis, 
birinchi bo’lib tirgakli fermani ko’prik qurilishida qo’lladi. U prokat sortamentini 
ishlab chiqdi. 
L.D.Proskuryakov (1858-1926y.y.) ko’prik fermalariga uchburchak va xovon 
panjarasini qo’llash usulini kiritdi va fermalarning qulay shaklining nazariyasini 
ishlab chiqdi. 
19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida metalldan bo’lgan qurilishlarni 
rivojlanishiga olimlardan F.S. Yasinskiy, V.G.SHuxov va I.P.Prokofьev katta xissa 
qo’shdilar. 



F.S.Yasinskiy (1858-1899y.y.) birinchi bo’lib ko’p oraliqli sanoat 
binolarining ichki oraliqdagi ustunlarni metaldan qilishni tavsiya etdi va tayanch 
oralig’i katta bo’lgan binolarni buklanuvchan va ravoqli konstruktsiyalar bilan 
yopishni ishlab chiqdi. Ustunlarni nomarkaziy ta’sir etayotgan kuchga hisoblash 
usullarini rivojlantirdi va aniqliklar kiritdi. 
S.G.SHuxov (1853-1939y.y) birinchi bo’lib dunyo miqyosida fazoviy panjara 
konstruktsiyalar orqali tomlarni yopish usullarini va taram-taram yuzali 
konstruktsiyalar orqali turli xil minoralarga o’xshash qurilmalarni ishlab chiqdi va 
qurilishda ishtirok etdi. Yangi konstruktiv rezervuar shakllarini, ularni hisoblash va 
oqilona o’lchamlarini topish usullarni ishlab chiqdi. 
I.P.Prokofьev (1877-1958y.y) oldingi tajribalarni e’tiborga olib metall 
ko’priklarini konstruktsiyasini tayyorlanishi va yig’ilishi haqida kitob yozdi. O’sha 
davr bo’yicha noyob ko’priklar konstruktsiyalarini ishlab chiqdi va o’zi ham 
qurilishda ishtirok etdi. 
5- davr 20-yillardan boshlab davom etib kelmoqda. Metallshunoslik 30-
yillarda rivojlanishi sababli metall konstruktsiyalarida mustahkamliroq po’latlarni 
ishlatish boshlandi. Har xil mustahkamga ega bo’lgan po’latlarning turi ko’payib 
ketdi va metall konstruktsiyalarning konstruktiv shakllari rivoj topdi. Metall 
konstruktsiyalarining keng va turli xil rivojlanish masalalarida loyiha, ilmiy va 
ishlab chiqarish korxonalarining xissasi katta bo’ldi. «Proektstalьkonstruktsiya», 
«Promstroyproekt» va «TSNIISK»lar yangi konstruktiv shakllarni yaratish va 
ularni 
hisoblash 
usullarini 
tavsiya 
etish 
bilan 
shug’ullanishadi. 
«VNIPIPromstalьkonstruktsiya» loyihalashtirish va yig’ish ishlari bilan 
shug’ullanadi. 
VNIKTISK metall konstruktsiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish 
texnologiyasini yangilash bo’yicha izlanishlar olib bordi. 
30-yillarda metallshunoslik va mashinasozlik rivojlanishi bilan juda ko’p 
sanoat inshootlari metall sinchli kilib qurila boshlandi. Sanoat binolari qurilishida 
metall sinchi asosiy qism bo’ldi va ularning rivojlanishida muhim rolь o’ynadi. 
50-70-yillarda metall konstruktsiyalarning rivojlanish asoslari o’zgarmasdan 
va ularning asosi – tejamkorlik, konstruktsiyalarni yaratish texnologiyasi oddiy, 
yig’ish ishlar tez bajariladigan bo’lib, shu asosda metall konstruktsiyalar rivoj 
topdi. 
SHu zamon bo’yicha noyob bo’lgan sanoat binolari qurilgan tayanch oralig’i 
120m kranning yuk ko’tarish qobiliyati 30t va u fermaga osilgan holatda ishlaydi 
binoning balandligi 57m va ikki oraliqli sanoat binosi kranlarning yuk ko’tarish 
qobiliyati 1200t va 600t. 
Metall konstruktsiyalarning yangi original shakllari yaratildi, ayniqsa, 
xalqlararo ko’rgazma binolarni qurilishida 1958 yil Bryusselda 1967 yil 



Monrealda, VDNHdagi kosmos pavilioni, Lujnikidagi sport saroyi va 80-yildagi 
olimpiyada uchun qurilgan sport inshootlarini misol qilib keltirish mumkin. 
1980 - yilda yozgi olimpiyadaga tayanch oralig’i katta bo’lgan o’zining 
konstruktiv shakli bilan bir - biridan tubdan farq qiladigan bir necha original sport 
majmualari qurilgandi. 
Konstruktiv shakli mukammallanishi bilan metall konstruktsiyalarni hisoblash 
usuli ham takomillashdi. 1950 yilgacha qurilish konstruktsiyalari mumkin bo’lgan 
kuchlanish bo’yicha hisoblashar edi, 1950 qurilish konstruktsiyalarni chegaraviy 
holat bo’yicha hisoblashga o’tishdi. Hozirgi qurilish me’yor va qonunlarida shu 
usul bo’yicha hisoblash talab etiladi. 
EHM ishlatilganda loyihalash sifatini tubdan oshiradi va tezlatadi. Mashina 
o’zi avtomatik ravishda loyihani chizib beradi. 1920-2000 yillar davrida metall 
konstruktsiyalarning rivojlanishiga ilmiy tadqiqot loyiha institutlari o’zining ijodiy 
ishi (SAPR) bilan ko’p hissa qo’shdi. Metall qurilmalari rivojlanishiga olimlardan 
N.S.Streletskiy (1885-1967y.) Ye.O.Paton (1870-1953y.), N.P.Melьnikov va 
boshqalar katta hissa qo’shdilar. 
1.2 – rasm. CHorsu bozorini qurilishi. 
1.3 – rasm. O’zbekiston mexmonxonasi. 
N.S.Streletskiy o’z faoliyatining boshlarida ko’prik quruvchilar davomchisi 
bo’lib boshlagan, keyinchalik qurilish fani va quruvchi muhandislarni tayyorlashda 
juda katta hissa qo’shgan va birinchi bo’lib konstruktsiyalarni statik hisoblash 
usulini qo’llagan, elastik chegaradan o’tgan materiallarning ishlashi to’g’risida 
tajriba ishlarini olib borgan va nazariy tajriba asosida konstruktiv shaklning 
rivojlanish yo’lini ko’rsatgan. Ye.O.Paton metall ko’prik qurilish sohasiga o’z 
hissasini qo’shgan. Elektryoy bilan payvandlash usulini mexanizatsiyalash va 



avtomatlashtirish darajasiga yetkazishda katta hissa qo’shgan. N.P.Melьnikov ham 
metall 
konstruktsiyalarni 
rivojlantirishga 
ko’p 
hissa 
qo’shgan. 
«TSNIIProektstalьkonstruktsiya» institutiga ko’p yillar mobaynida rahbarlik 
qilgan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling