1-ma’ruza metall konstruktsiyalarni loyihalash asoslari. Metall konstruktsiyalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Metall konstruktsiyalarini rivojlanish tarixi
Metall konstruktsiyalarni ishlatiladigan soxalar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1 - Ma\'ruza. QK
Metall konstruktsiyalarni ishlatiladigan soxalar.Hozirgi vaqtda metall
konstruktsiyalar turli xil binolar qurilishida, muhandislik inshootlarini yaratilishida ishlatiladi. Ayniqsa, tayanch oralig’i katta bo’lgan binolarning tom konstruktsiyalarning barpo etishda, baland inshootlar qurilishida va ko’p yuk ta’sir etayotgan qurilmalarni bunyod etishda metall konstruktsiyalarning ahamiyati kattadir. Konstruktiv shakliga va qaerda ishlatilishiga qarab metall konstruktsiyalar 8 xil sohalarda ishlatilishi mumkin: 1. Sanoat binolarini sinchini yaratilishida; 2. Tayanch oralig’i katta bo’lgan binolarning tom konstruktsiyalarini yaratishda (angarlar, kontsert va sport saroylari, gumbazlar, bozorlar); 3. Ko’prik va estakadalar qurilishida; 4. Minora va machtalar qurilishida (tele va radio minoralar, neftь qazib chiqarish va suv xo’jaligi binolari va inshootlari); 5. Ko’p qavatli binolarning sinchini yaratishda; 6. Varaqsimon prokatidan yig’ilgan gaz va suyuqliklarni saqlash hamda taqsimlash inshootlarini qurishda; 7. Kranlarni va boshqa turli harakat qiluvchi konstruktsiyalarni yaratilishida; 8. Boshqa konstruktsiyalarni qurishda. Ko’rib chiqilgan metall konstruktsiyalar ishlatiladigan sohalari turli konstruktiv shakl va tizimlardan iboratdir. Ammo, bu turli xil konstruktsiyalarni yaratilishi asosan ikkita omil bilan bog’langan. Birinchidan, turli xil konstruktsiyalarni yaratishda standart bo’yicha ishlab chiqariladigan elementlardan, prokat sortamentidan foydalanishadi (qo’shtavr, shveller, burchaklik, varaqsimon prokati). Ikkinchidan, metall konstruktsiyalarning yig’ish texnologiyasi bir xilligi bilan bog’langan, sovuq holatda boltlar yoki parchin mixlar orqali va qizdirib eritish orqali elektr yoyi bilan elementlarni bir-biriga payvandlash bajariladi. Metall konstruktsiyalarning o’ziga xos bo’lgan afzalliklari bor. Bu ularni turli xil inshootlarda ishlatishga imkon beradi. 7 1. Metall materiali yuqori mustahkamlikka ega, siqilishga va cho’zilishga bir xilda qarshilik ko’rsatadi. Uni bir jinsliligi qurilmalarda ishonchli ishlashini ta’minlaydi va hisobini onsonlashtiriladi. 2. Metall konstruktsiyalardan yasalgan inshootlar nisbatan yengil bo’ladi. Har qanday materialning qurilmaga sarf bo’lish darajasi quyidagi nisbat bilan aniqlanadi: S R y , bunda - materialning hajmiy og’irligi (zichligi), R y – materialning hisobiy qarshiligi. «S» qancha kichik bo’lsa, shuncha konstruktsiya yengil bo’ladi; po’latlar uchun S 3,7 1,7 10 -4 1 m; beton uchun S 18,4 10 -4 1 m; yog’och uchun S 5,4 10 -4 1 m. 3. Metall qurilmalar ishonchli hisoblanadi. Po’latning mexanik xususiyatlari uning bir jinsliligiga bog’liq bo’lib, hisob orqali va amalda ishlayotgan konstruktsiya kesim yuzasida hosil bo’layotgan kuchlanishlar bir xil bo’ladi. 4. Po’latning zichligi ancha katta bo’lgani tufayli undan yasalgan qurilmalar gaz va suyuqlikni o’tkazmaydi. 5. Metall qurilmalar sanoatbop bo’ladi, ya’ni ular asosan korxona sharoitida tayyorlanib, qurilish joyida mexanizmlar yordamida yig’iladi. 6. Metall konstruktsiyalar ekologiya talablarigi javob beradi. CHunki metall konstruktsiyalardan tayyorlangan binolarni xizmati tugagandan keyin konstruktsiyalarni qayta elementlarga bo’lib yana ishlatish mumkin yoki metallalomga topshiriladi. Metall konstruktsiyalarning ba’zi bir kamchiliklari ham bor, bu ularning keng ishlatilishini cheklaydi. Po’lat konstruktsiyalarning asosiy kamchiligi ularning turli ta’sirlarning ostida yemirilishidir. Bu hol qurilmalarni korroziyadan muhofaza qilishning turli xil usullarini qo’llash talab qiladi. Metallning issiqqa bardoshligi ham katta emas. Harorat 250 0 S ga yaqinlashganda po’latning elastiklik moduli kamaya boshlaydi va 600 0 S da batamom plastik holatga o’tadi. Yong’in xavfsizligi talablariga javob berish uchun metall konstruktsiyalarni olovbardoshligini ko’paytirish zarur. Buning uchun har xil usullardan foydalanish mumkin. Metall konstruktsiyalarga qo’yilgan talablar: metall qurilmalar yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lishi, ya’ni mustahkamlik, ustivorlik va bikrlik talablariga javob berishi kerak. Iqtisodiy jihatdan tejamli bo’lishi kerak, yig’ish muddatlarini kamaytirish uchun unumli usullar qo’llash va standart elementlardan keng miqyosda foydalanish zarur. Metall konstruktsiyalardan foydalanib qurilgan bino va inshootlarning tashqi ko’rinishi go’zal bo’lishi, ya’ni estetik talablarga ham javob berishi kerak. Nazorat savollari: 8 1. Metall konstruktsiyalarning rivojlanishi necha davrga bo’linadi? 2. Qaysi olimlar metall konstruktsiyalarning rivojlanishiga hissa qo’shishgan? 3.Qaysi ilmiy tekshirish institutlar metall konstruktsiyalarning rivojlanishiga hissa qo’shishgan? 4. Metall konstruktsiyalarning ishlatiladigan soxalari. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling