1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi


Download 391.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana03.02.2023
Hajmi391.64 Kb.
#1150238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
OTNA MA\'RUZA 2 KURS

Sifat darajalari 
Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko`ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat 
darajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor: 
1) oddiy daraja 
2) qiyosiy daraja 
3) orttirma daraja 
Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos 
qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining 
me’yorida ekanini ko`rsatadi va u maxsus ko`rsatkichga ega bo`lmaydi: go`zal 
tabiat, shirin qovun, keng hovli. 
2) qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday 
belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat 
deyiladi. Qiyosiy daraja leksik-morfologik usul bilan hosil qilinadi. 
Oddiy darajadagi sifatga –roq affiksini qo`shish yordamida yasaladi. Bunda 
gap mazmunidan chog`ishtirish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turadi. Misol: SHu 
lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko`rinib ketdi. 
Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so`z (har 
vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O`shandan buyon halol 
dehqonchilik qiladi; o`rtadan ko`ra pastroq... xo`jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda 
pastroq belgini kamligi bildiryapti, qiyoslash ma’nosini o`rtadan ko`ra so`zlari 
ifodalayapti. 
Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli so`zlarini 
keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, picha kattaroq, xiyol 
achchiqroq. 
Fonetik usul. Unlilar cho`zib, undoshlar esa ikkilantirilib aytiladi: baland, 
chuquur, tekkis kabi. 
Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar. 
Sifat belgini ozaytirib yoki kuchaytirib ifodalashiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 
a) ozaytirma sifat
b) kuchaytirma sifat. 
Ozaytirma sifat o`zakdan anglashilgan belgining me’yoridan ozligini 
bildiradi. Ular morfologik va leksik usullar bilan yasaladi: 
1. Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo`shib ozaytirma 
sifat hosil qilinadi: ko`kish, qizg`ish, oqimtir, qoramtir. –ish qo`shimchasi 
qo`shilgan ba’zi sifatlar o`zagida tovush o`zgarishlari sodir bo`ladi: sariq+ish-
sarg`ish. Bu so`zda o`zakdagi i unlisi tushib qolgan, q undoshi g` undoshiga 


almashgan. Qizil sifatiga -ish qo`shilishi bilan o`zakdagi –il tovushlari tushib, g` 
tovushi orttirilgan. 
Sifatlarga –gina, -kina, -qina affikslari qo`shilib, belgilarni kuchsizlantirish 
ozaytirishi mumkin. Bunda –k bilan tugagan sifatlarga –kina, -q bilan tugagan 
sifatlarga -qina, qolgan sifat shakllariga –gina affiksi qo`shiladi. Misol: tuzukkina, 
oriqqina, sariqqina, kattagina. 
2. Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so`zlarini keltirish bilan belgi 
kamaytiriladi: och pushti, nimqizil. 
Kuchaytirma sifatlar o`zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi. 
Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi.
A) Morfologik usul. Bu usulda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash 
yo`li bilan:
- Sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: 
dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun 
- Sifatning birinchi bo`g`iniga –p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-
qizil. 
- Sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo`shiladi 
va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k. 
- Sifatning birinchi bo`g`inidan keyin ppa shakli qo`shiladi: soppasog`, 
to`ppato`g`ri. 
b) Leksik usul. Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlanib orttirma daraja hosil 
qilinadi: katta-katta 
Qiyosiy darajadagi sifat oldida ma’noni kuchaytiruvchi yana, yanada, yana 
ham so`zlari kelishi mumkin: yanada yaxshiroq, yana ham balandroq, yana jonliroq. 
3) Orttirma daraja. Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday 
belgiga nisbatan eng ko`p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja 
deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli leksik usul bilan ifoda qilinadi. 
Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, nihoyatda, behad, g`oyat, g`oyatda, 
hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan: juda chiroyli, nihoyatda shirin, g`oyatda 
mehribon kabi. 
Leksik usulda ba’zan belgi bildiruvchi sifatlar o`rnida boshqa so`zlar 
ishlatilishi mumkin: zahar (garmdori), olov (sho`x). 
Leksik usul. 
Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlash orqali ham orttirma daraja hosil 
qilinadi: katta-katta, shirin-shirin. 
- sifat oldidan to`q, jiqqa, tim, g`irt kabi so`zlarni keltirish bilan: jiqqa ho`l, 
tim qora. 
- sifat oldidan so`z birikmalari va iboralarni qo`llash orqali: haddan ziyod 
(chiroyli), quling o`rgilsin (jonon). 
Morfologik usulda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan. 
Bunda: 
- sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: 
dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun kabi. 
- sifatni birinchi bo`g`inidagi p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-
qizil. 


- sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p,m tovushlaridan biri qo`shiladi 
va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k. 
- sifatning birinchi bo`g`inidan keyin –ppa shakli qo`shiladi: soppa-sog`, 
to`ppa-to`g`ri. 

Download 391.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling